Harley-Davidson kompaniyasi 1,5 yil içida özining ilk seriyali elektromototsiklini işlab çiqarmoqçi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
AQŞ kompaniyasi elektromototsikl yaratiş ustida ançadan beri işlamoqda. Kompaniya 2014 yilda LiveWire elektromototsikli prototipini körsatgandi. Motosikll 100 km/soat tezlikka 4 soniyadan kamroq vaqtda erişa olgan, yuriş zaxirasi 90 km ga yaqinni taşkil qilgan. Öşandan beri ança vaqt ötdi va kompaniyaning yangi elektromototsikli yaxşiroq körsatkiçlarga ega bölişi taxmin qilinmoqda.
Elektromototsikllar ba'zi kompaniyalar tomondan işlab çiqarilmoqda. Uşbu mototsikllar bozori hozirça katta emas, biroq TechNavio firmasi tadqiqotiga köra, 2020 yilgaça umumiy mototsikllar bozorining 45 foizgaçasini egallaşi mumkin.










