Roam elektromototsikli faqat quyoş energiyasidan foydalangan holda 6 ming kilometrlik masofani bosib ötdi. CNN’ning yozişiça, 17 kun davomida mototsiklda Nayrobi, Keniya, Stellenbos, Janubiy Afrika hududlari kezib çiqilgan.

Elektromototsikl yordamida sayohat qiliş böyiça rekord AQŞda 42 kun davomida bosib ötilgan 25 ming kilometrli masofa taşkil etişiga qaramay, Roam mazkur natija qayta tiklanuvçi energiyadan uzoq masofalarga sayohat qilişda foydalaniş mumkinligini isbotlaşiga umid qilmoqda.

Safar davomida mototsikl akkumulyatorlari qöşimça transport vositasida taşilgan quyoş panellari yordamida quvvatlantirilgan. Elektromototsikl quvvat oliş uçun töxtaganida öz akkumulyatorini yangisiga almaştirib keta olgan.

«Biz Afrika davlatlari böylab Sahroi Kabirning janubiga quvvatlantiriş infratuzilmalarisiz ham sayohat qilib bölişiga oid köplab şubhalarni sindirişni istadik. Roam nuqtai nazaridan, «qayerga xohlasang hayda, istagan joyingda quvvatlantir» ğoyasi töğri ekanini isbotlaşni xohladik», — deydi safar iştirokçilaridan biri Masa Kituyi.

Jamoa öz sayohati davomida duç kelgan eng katta muammo — bu ob-havo. Ular bulutlar quyoşni tösib qöygani uçun ba’zida yönalişini özgartirişga majbur bölgan.

Safar davomida Roam Air mototsikli bir martalik quvvat bilan uzoq masofaga harakatlaniş böyiça rekordini yangilagan — bitta batareya yordamida 113 kilometr. Oxirgi kuni esa u 1000 kilometr masofani 18 soatdan kamroq vaqt içida bosib ötgan.