«MU»ga raqibdagi qizil yordam bermadi, «Arsenal»da kambek, «Barsa»da ğalabali seriya
|14:33 / 11.10.202614 89311 min
«MU» köpçilik bölib öynab, ğalabani qöldan çiqardi, «Barselona» Rafinyasiz ham yirik hisobda ğalaba qozonmoqda. Şanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Foto: Martin Rickett/PA Images via Getty ImagesFoto: Martin Rickett/PA Images via Getty Images
«MU»ning «Tottenhem»ga qarşi öyini – klublar futbolidagi ikki top-jamoa töqnaşuvidan iborat ilk öyin böldi. Boşqa tomondan, ularning hozirgi maqomi haqida aniq gap aytib bölmaydi. Özaro öyindan oldin «MU» turnir jadvalida 12-, «Tottenhem» – 20-örinda edi.
Birinçi bölimda muxlislar gol körişmadi, ammo öyin ança tomoşabop keçdi. Tablodagi hisob teng bölib qolgan bölsa-da, jamoalar öyini haqida bunday deb bölmasdi. Mezbonlar maydonda nima qilişini bilmasdi, londonliklar esa istaganini qilişdi.
Roberto de Zerbi şogirdlari şu qadar katta ustunlikka ega bölişdiki, 25-daqiqagaça bölgan oraliqda raqib himoya hududidagi töpga teginişlar soni böyiça körsatkiç noodatiy köriniş oldi – 6:52.
«Tottenhem» hisobni oçiş uçun yetarliça vaziyatlar yaratdi, eng xavflisi Quddus iştirokidagi hujum böldi. Ganalik hujumçi juda qulay masofadan zarba berdi, ammo töp ustun yonidan ötib ketdi. Qolgan vaziyatlarda ham yoki darvozabon aniqroq harakat qildi yoki mehmonlarda aniqlik yetişmadi. «MU»dagi yagona vaziyat esa qarşi hujumda Amadda yuzaga keldi, ammo jarohatdan endigina qaytgan futbolçining zarbasi juda kuçsiz çiqdi va darvozabon heç qanday muammosiz töpni egallab oldi.
Ikkinçi bölimda «MU» nihoyat futbol öynay boşladi, lekin ança vaqtgaça taşabbus «Tottenhem»da qoldi. Vaziyatlardan birida Şou töpni darvoza çiziği oldida töxtatib qoldi. Keyin esa Solanke golga juda yaqin keldi, ammo uning darvozabon maydonçasi oldida turib bergan zarbasidan keyin töp yuqoridan ötib ketdi. Şundan keyingina mezbonlar ham hujumlar uyuştira boşladi. «MU» köproq öng qanotdan hujum qildi, golni esa çap qanotdan urdi. Mbemo jarima maydoni içida töpni Kunyadan qabul qilib oldi va ögirilib, olis burçakni aniq nişonga oldi.
Mavzuga oid
77-daqiqada esa hissiyotlar nazoratdan çiqib ketdi va maydonda futbolçilar özaro munosabatlarga oydinlik kiritişga kirişib ketdi. Barçasi van Hekkening xavfli podkatidan boşlandi. Töp mehmonlarda qoldi va hujum davom ettirildi. Keyin esa Bentankur töpni Şouning oyoqlari orasidan yeçib oldi va autga çiqarib yubordi. Şundan keyin ingliz himoyaçisi raqibining kökragidan itarib yiqitdi. Urugvaylik yarimhimoyaçi bunga javoban raqibga boş bilan hamla qildi (lekin tegmadi), ingliz himoyaçisi jiddiy zarba qabul qilgandek yiqildi, hakam esa Şouga sariq, Bentankurga qizil kartoçka körsatdi.
Mezbonlar köpçilik holatida ğalabali hisobni saqlab qolişi kutilgandi. Ammo bunday bölib çiqmadi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Tonalining qanotdan uzatmasidan keyin Solanke birinçi bölimdagi aybini yuvdi. Uşbu forvard töp uçun kuraşda Lisandro Martinesdan ustun keldi va boş bilan burçakka aniq zarba yölladi – 1:1.
«MU» va Kerrikka savollar köpaymoqda: jamoa öz uyida turnir jadvalining 20-örindagi jamoasiga qarşi öyinda bir kişi bölib ğalabali hisobni uşlay olmadi. Bungaça «Everton», «Nyukasl» (ötgan mavsumda) va «Siti»ga qarşi öyinlarda son jihatdan ustunlik bölsa-da, mağlubiyatga uçragandi.
Yakunda özi haqli bölgan oçkoni qölga kiritgan «Tottenhem» esa 18-öringa kötarilib oldi.
Hafta örtasida «Arsenal» Mikel Arteta va uning assistentlari bilan kelişuvni yana uç mavsumga – 2030-yil yoziga qadar uzaytirgandi. Murabbiy esa xalqaro tanaffusdan keyingi ilk öyinda jamoa boşlanğiç tarkibida biratöla 6 nafar ingliz futbolçisini tuşirdi – bunaqasi londonliklarda 1999-yil fevralidan buyon kuzatilmagandi.
Xalqaro tanaffusdan oldin «Arsenal» «Brayton»ga yirik hisobda yutqazib (0:3), turnir jadvalidagi peşqadamlikni «Mançester Siti»ga boy bergandi. Şanba kungi öyinda esa «Lids» ham «Brayton» qöllagan uslubdan foydalanib, «kanonirlar»ni noqulay ahvolga tuşirib qöydi. Daniel Farke şogirdlari himoyada tartibli harakatlandi va xavfli qarşi hujumlar uyuştirdi. Öyinda hisob birinçi bölimdayoq oçilişi mumkin edi, ammo Rayya bir neça marta jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Ikkinçi bölim boşida esa mehmonlar baribir öz maqsadiga erişdi va Jastin hisobni oçdi.
Şundan keyin esa «Lids» çuqur himoyaga yotişga qaror qildi va bu xato qaror bölib çiqdi. Öyinning qolgan qismida mezbonlar raqibga birorta xavfli vaziyat yaratişga imkon berişmadi va öz imkoniyatlaridan foydalanib, ğalabani öz tomoniga oğdirdi. Avvaliga jarima maydonida paydo bölgan himoyaçi Kalafiori barçadan ildamroq harakat qilib, hisobni tenglaştirdi. Biroz ötib zaxiradan tuşgan Bruno Gimarayş jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi bilan ğalaba golini urdi. Endi Arteta jamoasi oçkolar soni böyiça «Mançester Siti»ga yetib oldi va bugun «şaharliklar» «Liverpul»ga qarşi öyinda yutqazsa, londonliklar birinçi öringa çiqib olişi ham mumkin.
«Çelsi»ning ayrim muxlislari yozda Hendersonning transferiga şubha bilan qaraşgandi, şanba kuni «Bornmut»ga qarşi öyinda esa uşbu 36 yoşli yarimhimoyaçi şundaylarga javob qaytardi. Mehmonlar dastlabki 3 daqiqa içida ikki gol ötkazib yuborişdi – Henderson avvaliga jarima maydoni taşqarisidan qaytarib bölmas zarba yölladi, keyin esa Rodjersning goliga assistentlik qildi. Xabi Alonso boşqaruvidagi londonliklar tezkor gol urişni anʼanaga aylantirib olişdi: joriy mavsumda ular olti marta dastlabki ön daqiqalikda raqiblar darvozasini işğol etişgan.
Ammo oldingi öyinlarda «Çelsi» köpinça bölim davomida sustlaşgan va raqibga öyinga qaytiş imkonini bergandi. Bu safar ham jamoa qatorasiga 23-öyinda gol ötkazib yubordi, ammo bu gol «Stemford Brij»da yiğilgan muxlislarni ranjita olmadi – bungaça Joau Pedro hisobdagi farqni oşirib bölgandi. Öyindan oldin jarohati tufayli maydonga tuşişi söroq ostida ekani aytilgan uşbu braziliyalik hujumçi şu kuni dublni rasmiylaştirib, hisobni yirik körinişga keltirdi. Palmer esa barça jarima zarbasini u ijro etişini kutib turganida töpni Hendersonga berib yubordi va hisob yanada yiriklaşdi. Bu ğalabadan keyin «Çelsi» törtinçi örindagi «Brentford»ga oçkolar soni böyiça yetib oldi.
Gordonning «Barselona»dagi işlari yurişgandan yurişmoqda. U har öyinda jamoadoşlari uçun vaziyatlar yaratmoqda va golli paslar bermoqda, Hansi Flik u hali gol urmagani borasida navbatdagi öyindan oldin şunday degandi: «Gollar ham albatta böladi». Gordon esa «Xetafe»ga qarşi öyinning 78-soniyasidayoq raqib himoyasini yorib ötdi va la liganing joriy mavsumidagi eng tezkor gol muallifiga aylandi.
Bölim davomida esa Gabriel Jezus raqib jarima maydoni içida sovuqqon harakatlanib, hisobdagi farqni oşirdi. «Arsenal»ga kerak bölmay qolgan uşbu braziliyalik Ispaniyada javlon urmoqda: uning kök-anorranglilar safidagi darvoza sohasiga töğri borgan uçta zarbasi ham golga aylandi. Yamal esa şu kuni «Barselona»ning bu mavsum startidagi sakkiz öyinning barçasida maydonga tuşgan yagona futbolçisiga aylandi. Bu öyinda Lamin öz uslubidagi uzatmasi bilan Kundening goliga hammualliflik qildi. «Barsa»da jamoa sardori va yetakçisi Rafinyaning yöqligi sezilmayapti va yirik hisobda ğalaba qozonişda davom etmoqda. Startdagi sakkizta öyinda ham ğalaba qozongan kataloniyaliklar eng yaqin taʼqibçisidan beş oçkolik farq bilan peşqadamlik qilmoqda. Flik şogirdlari 1968-yil mavsumni qatorasiga töqqiz öyinda ğalaba qozoniş orqali boşlagan «Real»ning rekordini takrorlaşi uçun yana bir öyin qolmoqda (keyingi tur kuçli uçlikdagi «Betis»ga qarşi safarda bölib ötadi).
«Atletiko» «Alaves»ga qarşi qiyin öyinda ğalaba qozondi va kamida «Betis»ning yakşanba kungi öyini yakunigaça ikkinçi öringa kötarilib oldi. Yozgi transferlar vaqtida erkin agent sifatida «Bayer»dan kelgan himoyaçi Grimaldoning ketma-ket ikkinçi öyindagi goli ğalaba uçun yetarli bölmadi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda «matrasçilar» darvozaboni işlatgan fol tufayli penalti belgilandi va hisob tenglaşdi. Diyego Simeone şogirdlari faqat öyin oxirlarida ğalaba golini urişdi. Yozda «Tottenhem»dan erkin agent sifatida kelgan boşqa bir himoyaçi Romero Aleks Baenaning uzatmasini golga aylantirdi. Ispaniya milliy jamoasi Madriddagi ikkinçi mavsumida yuqori sport formasini namoyiş etmoqda va dastlabki sakkiz turdagi golli harakatlari (4+2) butun ötgan mavsumdagidan köproq bölmoqda.