Saudiya Arabistoni tarixda birinçi marta öz havo hududi orqali xorijiy kompaniyaga Isroilga parvozlar amalga oşirişga ruxsat berdi. Bu haqda Isroilning Haaretz naşri xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, Saudiya Arabistoni hukumati Air India aviakompaniyasiga qirollik çegaralarini kesib ötişni közda tutuvçi, Nyu-Dehlidan Tel-Avivga töğridan-töğri reys amalga oşirişga ijozat berdi.
Buning natijasida parvoz davomiyligi 2,5 soatga qisqargan. Ta'kidlanişiça, bu ruxsat Saudiya Arabistoni va Isroil örtasidagi munosabatlar iliqlaşganining birinçi oçiqça tasdiği hisoblanadi. Bungaça 70 yil davomida qirollik havo hududi nafaqat Isroil samolyotlari, balki Isroilga yönalayotgan barça samolyotlar uçun ham yopiq bölgan.
Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni va Isroil diplomatik munosabatlarga ega emas. 2017 yil noyabrda Isroilning energetika vaziri Yuval Steynits uning mamlakati köplab arab davlatlari bilan maxfiy aloqalar olib borişini aytgan. U ta'kidlagandek, “bunday aloqalar qisman sir tutiladi va buni aynan boşqa tomon söraydi”.







