Toşkentdagi Suzuk ota mahallasida ziyoratgoh qurilayotgani sabab bu yerda faoliyat olib borayotgan hunarmandlar uçun Uçtepa tumanida maxsus şaharça quriladi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

«2017 yilgaça mahallada faoliyat yuritdik. Öşa paytga kelib Jahongir Obidoviç biz bilan uçraşdilar, hamsuhbat bölib, fikrimizni bildilar. Agar hamma hunarmandlar bitta joyda bölsa, bizning ham öz orzu-niyatlarimiz bor. Hunarimizni butun dunyoga tanitiş, şogirdlarni köpaytirişni reja qilganmiz», — deydi hunarmand Axror Töraxöjayev.

«Hunarmandlar şaharçasi» Uçtepa tumanidagi Jurjoniy mahallasida barpo etiladi. Bu yerda nafaqat milliy hunarmandçilikni har tomonlama rivojlantiriş uçun şaroit tayyorlanadi, balki ustoz-şogird maktabini davom ettiriş uçun muhit yaratiladi.

1,8—2 gektar joyni egallaydigan şaharçada 400 ta iş örni yaratilib, turistik markazga aylantiriladi. Hunarmandlar ustaxonalari, şourumlar qatori gastronomik turizm markazi ham taşkil etiladi.