Amerikalik aktyor, “Qartali uyça” serialidagi Freddi roli bilan maşhur bölgan Reg E. Keti AQŞda 59 yoşida hayotdan köz yumdi. U saratondan aziyat çekib kelgan, deb xabar qilmoqda Variety naşri.

"Biz “Qartali uyça” böyiça döstimiz va hamkasbimiz Reg E. Keti vafot etganidan juda qayğudamiz. Reg juda mehribon inson, buyuk aktyor, haqiqiy jyentlmen edi. Oila a'zolariga çuqur ta'ziya izhor etamiz", - deya serialni işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi Netflix kompaniyasi bayonotidan iqtibos keltiradi naşr.

Reg E. Keti aktyorlik faoliyatini 1984 yilda boşlagan bölib, 70 dan ortiq film va seriallarda rol ijro etgan. Aktyor “Niqob”, “Yetti” kabi maşhur kinokartinalar va “Tinglaş”, “Tez yordam” kabi seriallarda ijro etgan rollari bilan maşhur edi. Keti "Qartali uyça" serialidagi roli uçun 2015 yilda "Emmi" mukofotini olgan.