Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Çilonzor tumanida barpo  etiladigan masjidga Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan böldi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari Toşkent şahridagi bunyodkorlik işlari bilan tanişuvi jarayonida mazkur masjid maydoniga taşrif buyurdi.

«Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nafaqat yurtimizda, balki butun islom olamida tan olingan olim edi», dedi Şavkat Mirziyoyev. Hayotini muqaddas dinimiz arkonlarini örganişga va tarğib etişga, xalqimiz, yoşlarimizni diniy ma'rifat ruhida tarbiyalaşga bağişladi.

Darhaqiqat, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1989 yilda, juda qiyin va murakkab davrda Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy böldi. Bu davr islomiy ilmlar, diniy qadriyat va an'analar qayta tiklangan davr sifatida tariximizda alohida örin tutadi.

U islom olamida ma'lum va maşhur bölgan «Muxtasari Viqoya», «Kifoya», «Mazhablar – birlik ramzi», «Mazhabsizlik – islom şariatiga tahdid soluvçi eng xatarli bid'at» kabi kitoblarni özbek tilida şarhlab, öşa murakkab yillarda köpdan-köp behuda ixtiloflarning oldini olişga katta hissa qöşgan.

Muftiy vazifasida u kişi xalqaro miqyosda ham keng faoliyat yuritib, köplab islom mamlakatlari bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni yölga qöyiş va rivojlantirişga erişgan.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ham muftiy, ham sobiq Ittifoq Oliy kengaşi deputati sifatida hukumatga musulmonlarning haq-huquqlarini hurmat qiliş, ular uçun zarur şaroitlar yaratiş masalalari kötarilgan maxsus bayonnoma taqdim etgan.

«Mustabid mafkura hukmron bölgan öşa oğir zamonda bunday taşabbus bilan çiqiş, heç şubhasiz, katta jasorat edi. Buning natijasida şöro hukumatining musulmonlarga nisbatan siyosati özgargan, masjid va madrasalar oçilgan, haj ziyoratiga boruvçilar köpaygan. 1990 yilda Markaziy Osiyo respublikalaridan 500 nafar musulmon Toşkent şahri orqali haj ziyoratiga borişga muvaffaq bölgan edi. Agar öşa davrda butun sobiq Ittifoq böyiça har yili bor-yöği 20-30 kişi hajga borganini hisobga olganda, bu juda katta natija bölgan», degan prezident.

Uning dunyo musulmonlari örtasidagi obro‘-e'tibori juda baland edi. Bu uluğ vatandoşimiz Butundunyo mutafakkir ulamolari yiğinining Ijroiya qömitasi a'zosi, Butunjahon musulmon ulamolari xalqaro uyuşmasi, Butundunyo Islom uyuşmasi kabi nufuzli taşkilotlarning, Iordaniya qirollik akademiyasining ham a'zosi edi. U kişi Misr Arab Respublikasining «Nil lavri» oltin nişoniga sazovor bölgandi. Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, zamonaviy Özbekiston tarixida islomiy ilmlar böyiça heç kim bu darajada yuksak mavqega kötarilmagan.