Hindistonning DC Design kompaniyasi Dehlidagi Auto Expo 2018 motorşousida Wrangler’ga öxşaş Mahindra Thar yöltanlamasining Hammer modifikatsiyasini taqdim qilişdi. Avtomobil qattiq tom, özgaça bamperlar va kengroq old örindiqlar oldi. 

Foto: Motoroids

Yöltanlamasning taşqi qiyofasidan taşqari saloni ham özgartirilgan: çarm bilan bezalgan yangi eşik panellari, maşina tomida yoruğlik-diodli çiroqlar örnatildi, markaziy konsol yangilandi va orqa örindiqlar ajratilgan holda bajarildi.

Foto: Motoroids
Foto: Motoroids

Yöltanlamas 2,5 litrli, 105 ot kuçiga ega dizel motor bilan jihozlanadi. Uzatmalar qutisi – 5 poğonali mexanik körinişda. 

Foto: Motoroids
Foto: Motoroids
Foto: Motoroids

Auto Expo 2018 körgazmasida DC Design’ning yana bir yangi modeli – örta motorli TCA sportkari taqdim qilindi. Maşina nomi “titan, karbon va alyuminiy” sözlarining boş harfidan tuzilgan. Avtomobil 3,8 litrli, 320 ot kuçiga ega dvigatel va 6 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Maşina 100 km/soat tezlikka 4,5 soniyada erişa oladi.