Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In XXIII qişki Olimpiada oçiliş marosimi ötgan Pyongçangdagi Olimpiya stadionida 2018 yilgi qişki Olimpiadani oçiq deb e'lon qildi. Marosim öz yakuniga yetdi.  

Janubiy Koreya ilk bor qişki Olimpiadani qabul qilmoqda. 1988 yilda Seulda yozgi Olimpiada ötgan. Pyongçang uşbu huquqni uçinçi urinişda qölga kirita oldi: u 2010 yilda uşbu imkoniyatni Vankuverga, 2014 yilda Soçiga boy bergan.

16 kun davomida 15 ta sport turi böyiça 102 ta medallar şodasi uçun bahs olib boriladi. Pyongçangdagi Olimpiada tarixda ilk bor 100 dan köproq medallar şodasi öynaladi. Şuningdek, ilk bor kyorlingda dabl-mikst, snoubordda big-eyr, konkida yugurişda mass-start va çanği sportida aralaş jamoaviy musobaqa taqdim qilinadi. 

Öyinlarda umumiy hisobda 92 ta davlatdan 2952 sportçi iştirok etadi. Olimpiadada iştirok etuvçi davlatlar va sportçilar qişki Olimpiadalar uçun rekord hisoblanadi. Pyongçangga kelgan eng köp sonli terma jamoa AQŞ böldi. Bu davlatdan Olimpiadaga 242 sportçi keldi va bu ham qişki Olimpiadalar uçun rekord körsatkiç hisoblanadi.

Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP