New Horizons sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yerdan 6,12 mlrd kilometr uzoqlikda böla turib, koinot suratini oldi va Voyager-1 koinot qurilmasining rekordini yangiladi. Voyager-1’ning rekordi 6,02 mlrd kilometrni taşkil qilgandi. Bu haqda Phys.org saytida ma'lum qilindi.

New Horizons dastlab “Istaklar quduği” deb nomlanuvçi NGC 3532 yulduzlar töplamini suratga olgan. U Yerdan 1300 yoruğlik yili uzoqligida joylaşgan.  

Söngra stansiya yana uzoqroq borib, Quyoş tizimining Neptun orbitasi ortida joylaşgan Koyper kamaridagi bir neçta obektlarni suratga olgan.  

Koyper kamari muz, metan va ammiakdan taşkil topgan kiçik jismlar hamda mitti sayyoralardan iborat. Bu mitti sayyoralarga Pluton ham kiradi. Stantsiyadagi Long Range Reconnaissance Imager (LORRI) kamerasi 2012 HZ84 va 2012 HE85 jismlarini suratga olgan. 

New Horizons stansiyasi koinotga 2006 yil 19 yanvarda Kanaveral burnidagi kosmodromdan Atlas V raketasi yordamida uçirilgan. Qurilmaning asosiy vazifasi Pluton va uning yöldoşi Xaronni örganiş hisoblanadi. Stantsiya 2015 yilda Plutonga deyarli “tegib” ötgan: u bilan Plutonni koinot ölçamlariga köra juda kiçik masofa – 12,5 ming kmgina ajratib turgan. 

Stantsiyaning missiyasi 2020 yil örtalarida yakuniga yetişi kerak.