Bugun noyob SOFIA uçib yuruvçi observatoriyasi 2014 MU69 mitti sayyorasining soyasini "quvib yetib", uni suratga tuşirişga urinib köradi. U Pluton darakçisi hisoblanadi. Mitti sayyora tungi osmon yulduzlaridan birini tösgan vaqtda suratga olinadi, deb xabar qilmoqda NASA agentligi.

"2015 yil iyun oyida New Horizons Plutonga yetib kelmasidan biroz avval, biz şunday kuzatuvlarni ötkazganmiz. Öşanda Pluton soyasini örganib, uning atmosferasiga doir ajoyib ma'lumotlarni qölga kiritganmiz. Bu yil öşa ilmiy jamoa bilan hamkorlikni davom ettirgan holda 2019 yili fazo zondining 2014 MU69 yaqinidan xavfsiz masofada uçib ötişiga oid muhim ma'lumotni qölga kiritamiz", — degan SOFIA loyihasi rahbari Kimberli Smit. 

New Horizons ötgan yil oktabr va noyabr oylarida Pluton hamda uning yöldoşlariga doir juda qiziqarli suratlar, muhim ilmiy ma'lumotlarni yuborganidan söng, 4 bosqiçli quvib yetiş va tezlaşiş harakatlarini amalga oşirdi. U buning natijasida 2019 yil yanvarida 2014 MU69 fazo jismiga duç keladi.

Şu yilning iyun oyida astronomlar ilk marotaba 2014 MU69 uzoq yulduz aylanasi uzra ötib, uning nurini söndirişini kuzatişga urinib körişdi. Biroq, astronomlar mitti sayyoraning soyasini köra olişmadi. Şundan söng, ular umuman bunday sayyora borligiga şubha qila boşlaşdi. 

Maxsus "Boinga-747" samolyoti bortiga örnatilgan SOFIA teleskopi bu muammoni hal etişga yordam beradi. U yerdagi teleskoplarga qaraganda ança sezgir va katta ölçamli. Şu boisdan ham olimlar mitti sayyora soyasining suratini olişga umid qilişmoqda.