Trillion dollarga baholanuvchi ilk kompaniya texnologik korporatsiya bo‘ladi. Bunga deyarli shubha yo‘q. Biroq cho‘qqiga kim birinchi bo‘lib yetadi va kim yangi soliqlar to‘lovi borasida bir to‘xtamga keladi noma'lum. Asosiy da'vogarlar — Apple, Google, Amazon, Microsoft va Facebook'ning yaqinda taqdim etilgan moliyaviy hisobotlari ularning aksiyalari o‘sish salohiyatini taxmin qilish imkonini beradi.

Trillion dollarlik kapitalizatsiya — AQSh ommaviy kompaniyalaridan birortasi hali yetisha olmagan ko‘rsatkich — avval fond bozori afsonasidek tuyulgan. Biroq qator kompaniyalar aksiyalari narxlarining keskin tushib ketishi aynan 2018 yil "trillion dollarlik" kompaniya yili bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini bergan, ehtimol, gap faqat bir kompaniya haqida emasdir.

Kompaniyalarning moliyaviy natijalari — kuchlarni qayta saralashning asosiy indikatorlaridan biri. Shuning uchun o‘tgan haftada taqdim etilgan chorak hisobotlari bozorning diqqat-eʼtiboriga tushdi — ayniqsa, 2017 yilning dekabrida AQShda qabul qilingan yangi U.S. Tax Cuts and Jobs Act soliq qonuni fonida. Uning mazmuni shundan iboratki, endi Amerika kompaniyalari xorijdagi daromadlariga nisbatan joriy qilingan uy soliqlarini chetlab o‘ta olishmaydi, shu bois chet eldagi daromadlar umumiy hajmining 15,5 foizi miqdorida bir martalik "tranzit" soliq to‘lashga majbur. Biroq 2018 yilning 1 yanvaridan daromadga to‘lanadigan korporativ soliq stavkasi 21 foizgacha pasaydi. Forbes yangi qonunning  texnologik kompaniyalar yil yakunlariga qanday ta'sir qilganiga doir maqolasi bilan bo‘lishdi.

Apple: marraga eng yaqin kompaniya

Trillion dollarlik ko‘rsatkichga eng yaqin kelayotgan kompaniya Apple bo‘lib, uning kapitalizatsiyasi 821 milliard dollardan ortiqqa baholanmoqda. Kompaniya dekabr oyidagi chorak hisobotida 88,3 milliard dollar daromadi bilan mutlaq rekordga doir hisobot berdi - bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 13 foizga ko‘p va 20 milliard dollardan ziyod sof daromad demakdir, bu 2016 yildagidan 12 foizga ko‘p va tahlilchilar taxminlaridan yuqoridir.

Bundan avval Apple xorijiy aktivlari uchun 38 milliard dollar soliq to‘lashi haqida ma'lum qilgan. Biroq to‘lovlar joriy yilga to‘g‘ri keladi, shuning uchun bu chorak hisobotiga ta'sir ko‘rsatmagan. Kompaniyaning naqd pul vositalari hajmi rekord darajaga yetdi - 285 milliard dollar.