Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Toşkent şahrida jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş töğrisida” qaroriga muvofiq, Içki işlar tizimida yangi lavozimlar joriy qilindi. 

1.    Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining örinbosari – Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi (keyingi örinlarda – Boş boşqarma) boşliği. Unga jamoat tartibini samarali saqlaşni, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişni ta'minlaş maqsadida Toşkent şahrining barça içki işlar organlari faoliyatini, şu jumladan, biriktirilgan kuç va vositalarni muvofiqlaştiriş huquqi beriladi;
2.    Boş boşqarma boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari – profilaktika inspektorlarining, eng avvalo, voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş borasidagi samarali faoliyatini taşkil etiş, uşbu yönalişda barça sohaviy xizmatlarning özaro muvofiqlaşgan hamkorligini ta'minlaş uçun javobgar;
3.    Muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliğining maslahatçisi – jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasida katta amaliy iş tajribasiga hamda uşbu organlar tizimida obro‘ va hurmatga ega bölgan içki işlar organlarining pensionerlari orasidan jamoatçilik asosida jamlanadi va unga tölanayotgan pensiyasining 30 foizi miqdorida byudjyet mablağlari hisobidan oylik ustama haq belgilanadi.