Aspark yapon kompaniyasining elektr giperkari Owl Totigi prefekturasidagi sinov maydonida 100 km/soat tezlikka 1,921 soniyada erişa oldi va endi haqli ravişda dunyodagi eng tezkor seriyali avtomobil nomiga da'vogarlik qilmoqda.

Owl giperkari 850 ot kuçiga ega Dodge Challenger SRT Demon va Nyurburgringning eng tezkor elektrokari, 1360 ot kuçiga ega Nio EP9’ni ortda qoldirdi. Bu maşinalar mos ravişda dastlabki “yuztalikka” 2,3 soniya va 2,7 soniyada erişa oladilar.

Owl giperkari dvigateli kuçi 1000 ot kuçidan oşadi. Motorlarni harakatlantiriş uçun nafaqat akkumulyatorlar, balki qisqa muddatli tezlaşişlarda yordam beruvçi superkondensatordan foydalaniladi. Maşinaning oğirligi 850 kgni, balandligi 99 smni taşkil qiladi.

Uşbu giperkar ustida işlar 2014 yildan beri yapon konsalting kompaniyasining bir neça xodimi tomonidan olib borilgan. Prototipning ilk namoyişi 2017 yil kuzida Frankfurtdagi avtosalonda bölib ötgan. Körgazmaga qöyilgan maşina umumiy kuçi 435 ot kuçini taşkil qiluvçi ikkita elektromotor bilan jihozlangan. 

Aspark kompaniyasi Owl’dan bor-yöği 50 dona işlab çiqarmoqçi. Bir dona Owl 460 mln iyen (yoki 4,3 mln dollar) narxda sotiladi.