Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Otabek Murodovga yangi örinbosar tayinlandi. Bu haqda prokuratura matbuot xizmati xabar bergan.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 fevraldagi PF-5344-son Farmoniga asosan Nozimbek Mansurbekoviç Rustambekov Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari etib tayinlandi», deyilgan xabarda.

Adliya maslahatçisi Rustambekov yangi lavozimda Bekzod Mavlonovning örnini egalladi. Mavlonov ötgan oy oxirida Özbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar böyiça davlat maslahatçisi Rustam Inoyatovga birinçi örinbosar bölgandi.