Avval xabar qilinganidek, joriy yil 1 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini işga tuşirildi. Murojaatçilarga yanada keng qulaylik va imkoniyatlar yaratiş maqsadida mazkur tizim takomillaştirib borilmoqda, deb xabar beradi “Jahon” AA.

Özbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi qonunida Prezident virtual qabulxonasi bazasida turli tarmoq va faoliyat sohalaridan malakali mutaxassislarni maslahatçi sifatida jalb etgan holda, murojaatlarga doir masalalar böyiça jismoniy va yuridik şaxslarga real vaqt rejimida maslahat beriş amalga oşirilişi belgilangan. Davlat rahbarining 2018 yil 22 yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturida ham Prezident virtual qabulxonasi dasturiy ta'minotini takomillaştirib, unda aholiga töğridan-töğri onlayn maslahatlar beriş imkoniyatini yaratiş közda tutilgan edi.

Mazkur huquqiy hujjatlarda belgilangan norma va vazifalar ijrosi doirasida 15 fevral kuni soat 16:00 da «Onlayn maslahatçi» moduli test rejimida işga tuşirildi. Bu modul portalning «Köp beriladigan savollar» bölimi bilan hamohanglikda işlaydi.

Murojaatçilar Prezident virtual qabulxonasi – pm.gov.uz saytiga kirib, «Onlayn maslahatçi» moduli orqali kerakli soha va tarmoq mutaxassislari bilan boğlanişi hamda öz savollariga javob olişi mumkin. Bunda pm.gov.uz saytining «Onlayn maslahatçi» moduli orqali kelib tuşgan savollar tegişli taşkilot va idoralardagi maslahatçilarga yönaltiriladi. Körsatilayotgan maslahat xizmati hajmi va unga murojaatçilarning talabini (iş yuklamasini) inobatga olib, davlat va xöjalik boşqaruvi organlarida işçi guruhlar tuzilişi mumkin. Bunda işçi guruh a'zolaridan biri maslahatçi-koordinator etib tayinlanadi. Işçi guruh faqat maslahatçilardan iborat bölmasligi mumkin.

Ayni paytda davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar – jami 94 taşkilot va idoraning yuqori malakali, professional mutaxassislari mazkur modulda birlaştirilmoqda. Ularning aksariyati 15 fevral kuni pm.gov.uz sayti orqali iş faoliyatini boşladi.

Portalga kelayotgan murojaatlarning salmoqli qismini huquqiy axborot yoki ma'lumot oliş maqsadida yuborilgan murojaatlar taşkil etayotgani aynan mazkur modulni yaratiş va işga tuşirişga sabab böldi. Çunki fuqarolar hayotda uçraydigan turli-tuman masalalarda huquqiy maslahat oliş uçun ham Virtual qabulxonaga murojaat qilar va murojaat körib çiqilib, javobi murojaatçiga yetib borguniça ança vaqt talab qilinar edi. Endi u yoki bu masala böyiça huquqiy axborot oliş uçun bir neça kun javob xati kelişini kutişga hojat yöq. «Onlayn maslahatçi» xizmati Prezident virtual qabulxonasi orqali savol yuborib, onlayn rejimda yuridik ma'lumotga ega bölgan mutaxassislardan tezkor huquqiy maslahat oliş imkoniyatini taqdim etmoqda. Savol yuboriş uçun şaxsiy kabinet oçiş talab etilmaydi.


Maslahatçilar onlayn rejimda öz vakolatlari doirasida duşanbadan jumaga qadar soat 9:00 dan 18:00 gaça tanaffussiz faoliyat olib bormoqda. Bunda ular asosiy iş joyidan turib, masofadan onlayn maslahatlar bermoqda.

Maslahat xizmati uçun haq olinmaydi.