AQŞning ExxonMobil kompaniyasi Boku-Tbilisi-Jyeyxan neft quvurini boşqaruvçi BTC Co. kompaniyasi aksiyadorlari tarkibiga kirdi.
ExxonMobil CIECO kompaniyasidan 2,5 foiz aksiya sotib olgan. Ma'lum qilinişiça, bitim amalga oşirilgan.
Quyidagi kompaniyalar neft quvuri loyihasini amalga oşiriş uçun 2002 yil avgustida ta'sis etilgan BTC Co. kompaniyasining aksiyadorlari hisoblanadi: BP (30,1 foiz), AzBTC (25), Chevron (8,9), Statoil (8,71), TRAO (6,53), Eni (5), Total (5), Itochu (3,40), Inpex (2,5), ExxonMobil (2,50) va ONGC (2,36).
Neft quvurining umumiy uzunligi 1786 kmni taşkil qiladi, undan 443 kilometri Ozarboyjon, 249 kilometri Gruziya va 1076 kilometri Turkiya hududidan ötadi. Quvurning qurilişi 2003 yil aprelda, neft bilan töldirilişi 2005 yil 18 mayda boşlangan.
Neft quvurining ötkaziş quvvati kuniga 1,2 mln barrelni taşkil qiladi.











