AQŞning ExxonMobil neft kompaniyasi 40 yil içida ilk bor zarar kördi. Kompaniyaning yillik zarari 22,4 mlrd dollarni taşkil qildi.  

2020 yilda kompaniyaning tuşumi 30,7 foizga qisqarib, 46,5 mlrd dollarni taşkil qilgan.  

Bloomberg axborot agentligining xabar berişiça, kompaniya pandemiya va neftga talab kamaygani hamda slanets gazi olinişi tarmoğida aktivlar qadrsizlangani sababli köp milliardlik zarar körgan.

Biroq şunga qaramay, ExxonMobil sarmoyaçilarga dividendlarni tölaşni davom ettirişga va'da bergan.

Yana bir neft giganti - Britaniyaning British petroleum kompaniyasi ham 2020 yilni 10 yil içida ilk bor zarar bilan yakunlagan. Kompaniyaning 2020 yilda neft qazib oliş hajmi 8,1 foizga qisqarib, tuşumi 35 foizga kamayib ketgan. 

Oxirgi kunlarda ExxonMobil’ning Chevron bilan birlaşişi böyiça muzokaralar olib borilayotgani haqida ma'lumotlar paydo bölgan.