Şu kunlarda AQŞ va Rossiya örtasida sovuq uruş qayta avj olganday bölmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi dahanaki soxta botlarning tortişuvidan söng, siyosatçilar amaliy «harakatlar» orqali “uruş“ni davom ettirmoqda.
Gap şundaki, AQŞ poytaxti, Vaşington şahar Kengaşi a'zolari marhum rus muxolifati, amaldagi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aşaddiy tanqidçisi Boris Nemsovni xotirlab «ajoyib» narsa öylab topişdi. Kengaş a'zolari 2015 yil fevral oyida vafot etgan Nemsov nomi bilan AQŞdagi Rossiya elçixonasi joylaşgan köçani atay boşladi.
Rus siyosatçisi, öng-qöl namoyondasi Mixail Degtyaryov ham öz vaqtida javob qaytarişni öylab, Rossiyadagi AQŞ elçixonasi joylaşgan bino yaqinidagi sayilgohni «Şimoliy Amerika berk köçasi» (berk yakuni) deya nomlaşni taklif etdi. Şu oyda Moskva şahar ma'muriyati uşbu masalani muhokama etişi kutilmoqda.
Oçiğini aytganda AQŞ şu “öyin“ni özi boşlagan: 1980 yillarda rus dissidenti, Nobel mukofoti sovrindori va atom fizikasi yönalişida taniqli bölgan olim Andrey Saxarovning qölga olinganiga özgaça munosabat bildirgandi. Bilganingizdek, Saxarov köçasi Vaşingtonda yagona emas, AQŞ Kongressida Xitoy elçixonasi joylaşgan köça nomini xitoylik inson huquqlari himoyaçisi, dissident Lyu Şiaobo şarafiga ataş ham taklif etilgan. Xitoy esa qarşi javobda Snouden nomiga töxtalgandi.
Bunday takliflar amalda qöllab-quvvatlanmagan, xalqlar örtasidagi diplomatiya arzimagan sababga köra buzilişini heç istamaydi. Ammo, haftaning ilk kunidan Anqara ham ğalati «Sovuq uruş» girdobida ekanini ma'lum qildi. Endilikdan Turkiyadagi AQŞ elçixonasi joylaşgan köçaning nomi «Zaytun bandi» (Turkiya Şimoliy Suriya - Afrin hududida olib borgan antiterror harbiy amaliyotlari şunday nomlangan) deb nomlanadi.
Aynan şu hafta payşanba kuni AQŞ Davlat kotibi (Taşqi işlar vaziri) Reks Tillerson Turkiyaning xorijdagi harbiy amaliyotlarini AQŞ nuqtayi nazardan muhokama etiş uçun rasmiylar bilan uçraşişi rejalaştirilgandi.
Şu paytgaça Turkiya tomonidan harakatlari qoralangan ayrim kurd taşkilotlari va ularning yetakçilari AQŞ tomonidan passiv kömakka ega bölib kelmoqda.












