Andijon viloyatida jinoyatçilikning oldini oliş maqsadida taşkil etilgan “Tun” tadbirlarini yanada samarali bölişiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Har kungi “Tun” tadbirlariga 116 ta yönalişda jami 847 nafar xodim jalb qilingan bölib, şulardan 587 nafarini jamoat taşkilotlarining vakillari  taşkil etadi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Birgina Andijon şahri hududida jamoat tartibini saqlaş, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş böyiça, Andijon şahar IIBdan 26 nafar, patrul post xizmati yönalişi böyiça 75 nafar, Milliy gvardiyadan 15 nafar, Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasidan 5 nafar xodim va 83 nafar jamoatçilik hamda Yoşlar ittifoqining 15 nafar vakili tungi xizmatga jalb etib kelinmoqda.

Foto: KUN.UZ

Tungi xizmat davomida köngiloçar joylar, bozorlar, fuqarolar köp töplanadigan maskanlar nazoratga olinib, 12 ta avtopatrul, 20 ta piyoda patrul, 10 ta otliq patrul, 10 ta xizmat iti, 2 ta avtobus, 5 ta xalqa avtopatrul hamda  “Özavtodaryotrans” agentligi tomonidan ajratilgan 15 ta “Damas” avtomaşinasi yönaliş böyiça xizmatga çiqarilmoqda.     Hamkorlikda amalga oşirilayotgan işlar samarasidan Andijon şahri hududida köplab sodir etilişi mumkin bölgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olinyapti.      

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Ötgan davr mobaynida sodir etilgan oğir va öta oğir, aholi orasida şov-şuvga sabab bölgan va kriminogen vaziyatga salbiy ta'sir körsatuvçi  jinoyatlar imkon qadar öşa kuni yoki ertasigayoq tuman prokurori, IIB boşliği, mahalla faollari, xotin-qizlar qömitasi va keng jamoatçilik vakillari iştirokida muhokama qilinmoqda.