Inson bir uy quriş yoki sotib oliş uçun qança ter tökadi: pul yiğadi, jismoniy mehnat qiladi, şunga yaraşa orzu-havas qiladi. Ammo yangi xonadonida oyoq çözib, umrguzaronlik qilaman deganda, muammo çiqib qolsa dili xira böladi, köngliga heç narsa siğmaydi. Ana şunday dilxiralik bugun Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi “Zarbdor” mahallasi aholisini ham qiynab kelmoqda. KUN.UZ tahririyatiga kelib tuşgan navbatdagi murojaatda şunday deyiladi:

“Assalomu alaykum! Bizni 7 yildan beri qiynab kelayotgan, muammo bor. Sirdaryo viloyati, Guliston şahridagi “Zarbdor” degan mahallada yangi namunali uylar tuşgan. Bizni uylar 2010 yilda qurib bitkazilgan. Lekin hali biror bir köça asfalt qilinmagan. Hujjat böyiça esa asfalt qilingani körsatilgan. Yoğingarçilik bölganda, u köçada yayov yurib bölmaydi, odam loyga botib qoladi. Yozda quruq kunlarda köçani tuproq çangiga çidab bölmaydi. Asfaltni pulini yeb qöygan taşkilotni heç kim bilmaydi. Arz qilsak, portalga yozmanglar, qilib beramiz, deb 7 yildan beri aldab kelişadi. Sizlardan iltimosimiz şu muammoni olib çiqsangiz”.

Suratlar bu gaplar neçoğli töğriligini körsatib turibdi. Mazkur masala yuzasidan Guliston tumani hokimiyati bilan boğlanib körmoqçi böldik, ammo viloyat hokimiyati saytida körsatilgan 8 (367) 796-30-30 raqamlariga heç kim javob bermadi.