Sirdaryo viloyati Guliston şahri prokurori örinbosari korrupsiyada ayblanib qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Guliston şahar prokurori örinbosari öz xizmat mavqeyidan foydalanib, Boyovut tumanida qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yurituvçi MÇJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi iş yurituvidagi Jinoyat kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida qamoq ehtiyot çorasi qöllamaslik hamda keyinçalik işni gumonlanuvçi foydasiga hal qilib beriş evaziga 10 ming AQŞ dollari miqdorida pora söraydi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyaçisi talab qilingan pul mablağini öz xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. 

Hozirda prokuror örinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28,211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor şaxsga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.