«Kazaxtelekom» Kcell’ning 75 foizi sotib olinişi tasdiqlanişini kutmoqda. Kompaniya Qozoğiston Tabiiy monopoliyalar, raqobat va iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça qömitasiga tegişli murojaat bilan çiqqan, deb yozmoqda The Diplomat.

2018 yilning 1 yanvar kungi ma'lumotlarga köra, Ksell aksiyadorlik kapitalining 60,4 foizi Telia Company’ga, 14,6% — Turkcell’ga, taxminan 10% — Fridom Finansga va 16% - boşqa institutsional hamda xususiy sarmoyadorlarga tegişli bölgan.

Katta ehtimol bilan, Kazaxtelekom Ksell aksiyadorlik kapitali 75 foizini özida jamlagan Telia Company va Turkcell uluşini xarid qilmoqçi, deb yozadi Spot.uz Profit naşriga asosan.

Şu bilan birga, Telia özining mobil operatsiyalari bilan bir qatorda, Qozoğiston telekommunikatsiya infratuzilmasidagi boşqa aktivlarni, xususan, Dubai Amun Services’da (optik tolali tarmoq) «Kaztranskom»dagi uluşini sotib yuborişga qaror qilgan.

Qozoğistondagi eng yirik mobil aloqa operatori Kcell Telia’ning bozordagi korxonasi bir qismi sanaladi, xuddi Özbekistondagi Ucell, Tojikistondagi Tcell va Gruziyadagi Geocell kabi.

Telia Markaziy Osiyo bozoridan ketiş niyatida ekani haqidagi ma'lumotlar matbuotda 2015 yildan beri paydo bölmoqda.