Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining yangi örinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Boş prokuratura Axborot xizmati xabar beradi.

Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 21 fevraldagi PF-5359-son Farmoniga asosan Saidlaziz Saidasiloviç Saidkarimov Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari etib tayinlandi. U şu paytgaça Boş prokuraturada boşqarma boşliği sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 fevraldagi PF-5358-son Farmoniga asosan Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori lavozimida işlab kelayotgan Erkabay Aminoviç Tadjiyev Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining birinçi örinbosari etib tayinlandi. U bundan avval ham uşbu mansabda faoliyat yuritgandi.

Eslatib ötamiz, bungaça Boş prokuror örinbosari lavozimida işlab kelgan Murodjon Azimov Davlat Bojxona qömitasi raisi sifatida iş boşlaşi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgandi.