Vodafone transmilliy uyali aloqa operatori va Xitoyning Huawei telekommunikatsiya giganti 5G standartida birinçi mobil qönğiroq amalga oşirilgani haqida xabar berdi. Vodafone’ning Kataloniya hamda Aragondagi bölinmasi rahbari Albert Buksade Barselonadan Madriddagi kompaniya ofisiga 5G New Radio beşinçi avloddagi aloqa texnologiyasidan foydalangan holda qönğiroq qildi.

Kompaniyalar xabariga köra, ma'lumotlar uzatiş tezligi 2 Gbit/s.dan oşdi, töxtab qolgan vaqt 10 ms.ni taşkil etdi. Qönğiroq çoğida 4G va 5Ğning ikkilamçi birlaşmasi qöllanildi. Videoaloqa sinovi ham muvaffaqiyatli yakun topdi. Sinov vaqtida Huawei tomonidan taqdim etilgan Radio Access Network (RAN) qurilmasidan foydalanildi.

«Bu 5G birinçi ulanişi amalga oşirilişi Vodafone va Ispaniyaning mobil texnologiyalardagi yetakçi pozitsiyalaridan dalolat beradi. Mobil tarmoqlarning kengayişi – raqobatbardoşlikni mustahkamlaş va mamlakatni raqamlaştiriş uçun juda muhim omil», - deya izoh berib ötdi Vodafone’ning Ispaniya bölinmasi rahbari Antonio Koimbra.

5G Huawei loyihasi rahbari Yan Çaobinning sözlariga köra, kompaniya yaqin kelajakda Vodafone bilan birgalikda 5G tarmoğini tijoriy maqsadda sinovdan ötkazişni boşlaydi, deb xabar qilmoqda Newsweek.