KUN.UZ tahririyati ijodiy guruhi kelib tuşgan murojaatlar asosida Jizzax viloyatiga safar uyuştirdi. Mazkur safar davomida aholini qiynab kelayotgan turli muammolar örganildi, şu bilan birga, mazkur murojaatlar yuzasidan viloyat hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi Ergaş Saliyev bilan suhbatlaşildi.

- Özbekiston mustaqillikka erişgaç, turli sohalarda izçil islohotlar bölib turgan. Ammo 2016 yilning sentabr oyidan boşlab mazkur islohotlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilganiga barçamiz guvoh bölib turibmiz. Men uzoq yillardan buyon rahbarlik faoliyatida işlab kelaman. Bu öz-özidan insonda mazkur yönalişda tajriba hosil qiladi va undan iş jarayonida keng foydalansiz. Ana şundan kelib çiqqan holda aytişim mumkinki, ijtimoiy sohani isloh qiliş asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, - dedi E.Saliyev.
Ötgan yili amalga oşirilgan işlarga nazar taşlaydigan bölsak, muloqotlar jarayonida nogironligi bor, uy-joyga ehtiyojmandlarga yordam berildi, ularning uy olişlari uçun boşlanğiç badallar tölab berildi. Şu bilan birga ularni iş bilan ta'minlaş işlari ham atrofliça bajarildi.
Viloyatda maktabgaça ta'lim tizimida ham faol çora-tadbirlar olib borilmoqda. Masalan, bugungi kunda viloyatda 22,3 foiz 5 yoşdan 7 yoşgaça bölgan bolalar maktabgaça ta'lim muassasalariga qamrab olingan. Ammo ana şu muassasalarning ham öz muammolari yetarliça: ayrimlari sovuq, ayrimlarida sport maydonçasi yöq, boşqalari esa eski binolarda joylaşgan. Prezidentimiz vazifa etib berganlaridek, keyingi beş yil içida mazkur tizimni rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazişimiz kerak. Albatta, bu borada ham öz rejalarimiz bor. Bugun viloyatda 11 ta xususiy boğça taşkil etildi. Şaroitlari juda yaxşi. Bu borada imtiyozlar ham yaxşi berilmoqda. Bu körsatkiçni 195taga yetkazişni reja qilganmiz.
E.Saliyev Jizzax viloyatida sport yönalişi böyiça nimalar qilingani va rejada qanday işlar borligi haqida ham töxtalib ötdi.

- Ötgan yil jizzaxlik yoş sportçilardan 50 nafardan ortiği xalqaro turnirlar ğoliblariga aylanişdi. Özbekiston sporti tarixida ilk marta jizzaxlik qiz martda ötadigan qişki paralimpiya öyinlarida iştirok etadi. Töğrisini aytsam, Respublika Olimpiya qömitasiga, Respublika boks federatsiyasiga köp e'tiroz bildirganman. Negaki, ayrim sport musobaqalarida yutqizib qöyişyapti. Bizda, Jizzax viloyatida boks böyiça 81 kg vaznda Jaloliddin Öktamov, degan sportçi bor. U ikkita muhim jangni muvaffaqiyat bilan yakunladi. U hozir homiylar yordamida uçinçi jangini ötkaziş uçun Moskva şahriga jönab ketdi. Lekin uni terma jamoa tarkibiga çaqirişmaydi.







