Toşkent şahrida joylaşgan sobiq «​Abu-Saxiy»​ bozori örnida yangi taşkil etilgan «Toşkent savdo markazi»da tadbirkorlardan noqonuniy pul yiğimi boşlanmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Ma'lum qilinişiça, ma'muriyat vakillari bozor hududida uyali aloqa vositalari bilan savdo qiluvçi barça tadbirkorlardan 300 AQŞ dollarigaça bölgan ölpon yiğişni talab qilmoqda. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan savdogarlardan birining aytişiça, talab qilingan pulni har oyda majburiy tartibda ma'muriyatga yiğib beriş söralmoqda.

«Aks holda, faoliyatimizni töxtatib qöyiş bilan tahdidlar qilindi. Rost gapni aytsam, şu bozorda kunim ötmoqda, oilamda qora qozon qaynaydi. Bozor ma'muriyati bölsa, turli bahonalar bilan joyimni olib qöyişidan qörqaman. Şuning uçun biror organga oçiq murojaat eta olmayapmiz», deydi u.

Suhbatdoşning ta'kidlaşiça, sobiq Abu-Saxiy bozori ma'muriyati ham şunday yöl bilan noqonuniy pul yiğimini amalga oşirib turgan.

«Vaqti-vaqti bilan pul yiğilardi. Ammo, har oyda 300 dollardan kimningdir çöntagi uçun işlasak, rözğorni kim tebratadi», deydi boşqa sotuvçi.

Tadbirkorlarning iddao qilişiça, ölpon faqat uyali aloqa vositalari bilan savdo qiluvçi savdogarlardan undirilişi rejalaştirilgan. Gap şundaki, sotuvdagi xorijiy brend ostida işlab çiqarilgan telefon, planşetlar bojxona tölovlarisiz Özbekistonga olib kirilgan, deb taxmin qilinmoqda. Çunki bozorda milliy uyali aloqa vositalari bilan erkin savdo qiliş davom etmoqda. 

Şunga qaramay, «​Toşkent savdo markazi»​da yuzaga kelgan holatga yaqin körinişda «Malika» markazida ham savdo yölga qöyilgan. Bundan taşqari, «​Toşkent savdo markazi»​ning özida xorijdan keltirilgan bir qança turli rusumdagi maişiy texnika vositalari ham erkin sotuvga qöyilgan.

Eslatib ötamiz, «Toşkent savdo markazi» taşkil etilganidan buyon bozor hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan undirilgan soliq tuşumlari keskin oşib ketgani aytilgandi. Oradan bir oy ötib, bozor ma'muriyati ayrim tadbirkorlarning faoliyati xalaqit berib, dökon oldiga sotuvdagi mollarni qöyişni taqiqlamoqçi bölgandi. Keyinçalik bu vaziyat ijobiy hal etildi.