Hindistonlik kinoaktrisa, töliq ismi Şri Amma Yanger Ayyapan bölgan Şridevi 54 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotiga köra, ölim sababi yurak xuruji böldi. Bu vaqtda Şridevi Dubayda, qarindoşining nikoh marosimida bölgan.

Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va mamlakat boş vaziri Narendra Modi aktrisaning yaqinlariga hamdardlik bildirişgan.

Şridevi 4 yoşidan boşlab milliy hind kinolarida suratga tuşa boşlagan. U Bollivud filmida 1978 yilda debyut qilgan va tez orada Hindiston kinosining katta yulduziga aylangan. Aktrisa 270dan ortiq kinokartinada rollar ijro etgan, jumladan, «Artist» (Kalaakaar, 1983 yil), «Farzand» (Aulad, 1987 yil) va «Mister Hindiston» (Mr. India, 1987 yil). 1997 yilda u kinodan ketganini e'lon qilgandi, ammo 2012 yilda yana ekranlarga qaytdi. 2013 yili Hindiston hukumati uni Padma Şri mukofoti bilan (bu mamlakatda maqomi böyiça törtinçi örinda turadigan mukofot) taqdirlagandi.