Foto:  AP Photo / Richard Drew

Samsung kompaniyasi 26 fevralda yangi smartfonlari Galaxy S9 va Galaxy S9+’ni taqdim qildi. Taqdimot Barselonada ötayotgan Xalqaro mobil kongress doirasida yuz berdi.

Gadjyetlar dizayni avvalgi avloddagi smartfonlardan orqa panelidagi elementlari vertikal joylaşgani bilangina farq qiladi. Barmoq izlari skaneri kamera moduli ostida joylaşgan, bu esa obektivning ifloslanişi muammosini hal qiladi. 

S9 va S9+ displeylari mos ravişda 5,8 va 6,2 dyuymni, maksimal sifati Quad HD+ (1440 x 2880 piksel)ni taşkil qiladi. Telefonlarda 4 Gbddan 6 Gbgaça tezkor xotira örnatilgan, doimoy xotirasi esa 64 Gbni taşkil qiladi. Şuningdek, microSD kartasi uçun joy bor.

Foto: Samsung.com

S9 smartfoni 12 megapikselli sensor bilan ta'minlangan, S9+ esa 12 megapikselli ikkita yonma-yon kamera olgan. Kameralar soniyasiga 960 ta kadr tezlik bilan suratga oladi.

Foto: Samsung.com

Qurilmalar biometrik şasxni örnatişning uç usulini qöllab-quvvatlaydi, bular: köz pardasi, barmoq izi yoki yuzni taniş funksiyasi yordamida. Smartfonlar şuningdek Dedicated Fingerprint funksiyasi bilan jihozlangan. Bu funksiya bir barmoq izini smartfonni oçişda, boşqasini himoyalangan papkaga kirişda qöllaş imkonini beradi.

Foto: Samsung.com

   Modellar Qualcomm Snapdragon 845 protsessorida işlaydi.

Foto: Samsung.com