Barselonadagi MWC 2018 körgazmasida Nokia brendining Nokia 8 Sirocco flagmani va yana uç qurilmasi namoyiş etildi. bgr.com sayti şu haqidagi ma'lumot bilan bölişdi.
Nokia 8 Sirocco

Nokia brendi ostidagi telefonlarni işlab çiqaruvçi HMD Global'ning yangilangan flagmani noyob taşqi körinişi bilan ajralib turadi. Sirocco korpusi zanglamaydigan pölatdan işlangan bölib, u Gorilla Glass şişalari bilan ta'minlangan. Smartfon qalinligi - atigi 7 mm, yon tomonlari esa - 2 mm. Qurilma IP67 standartiga muvofiq namlikdan himoyalangan va u quloqçinlar uçun jack-öymadan mahrum.
Telefon köp jihatdan ötgan yilgi Nokia 8'ga öxşab ketadi. Sirocco'ga Qualcomm Snapdragon 835 protsessori örnatilgan bölib, u 6 Gb operativ va 128 Gb fleş-xotiraga ega. Smartfon sotuvga aprel oyi oxirida 749 yevro qiymatda çiqadi.
Nokia 7 Plus

Android boşqaruvi ostidagi smartfon alyuminiydan işlangan, uni uşlaş qulay bölişi uçun orqa tomonidan keramik böyoq bilan qoplangan. Yon tomonlariga anodlangan alyuminiy bilan işlov berilgan bölib, bu korpusning ikki konstrast tusga kirişiga imkon beradi.
Nokia 7 Plus'ning old tomonida - 18:9 tomonlar nisbatiga ega 6 dyuymli ekran va selfi-kamera. ZEISS optikasi suratlarning yuqori sifatini ta'minlaşi kerak. Şu bilan birga, maxsus dasturiy ta'minot ham suratlar sifatini oşiradi.
Smartfon sotuvlari aprel oyida boşlanadi. Uning narxi - 399 yevro.
Nokia 6

HMD Global yangi dizaynga ega va ba'zi xususiyatlari özgartirilgan smartfonning xalqaro versiyasini namoyiş qildi. Nokia 6 metall korpus, yuzdan taniy oluvçi ikki kamera va Snapdragon 630 protsessori bilan ta'minlangan. Şuningdek u simsiz zaryadni qöllab-quvvatlaydi.













