Yangi taqdim etilgan Galaxy S9 va S9+’ga qarab şunday fikrga keliş mumkinki, bu safar Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi xuddi ötgan yilgi modellarga öxşaş qurilmalarni taqdim etdi. Biroq, barçasi kiçik detallar bilan farqlanadi.

Ha, uşbu modellar S8 va S8+’ga juda öxşaydi. Öşa ekran, öşa burçaklar. Biroq yaqinroqdan olib qaralganda, oldimizda haqiqatdan ham yangi qurilmalar turganini körişimiz mumkin. Ayniqsa bu qurilmalarning yangi kameralarida namoyon böladi.
Galaxy qatoridagi yangilikning kiçik versiyasi 5,8 dyuymli ekranga ega. Kattasida – 6,2 dyuymli displey. Ekran tomonlarining nisbati har bir qurilmada 18,5:9’ga teng. Har ikkisi 2960 x 1440 piksel kenglikka ega. S9 modelida piksellar ziçligi bir dyuymga 570ni taşkil etadi, S9+’da biroz kamroq - 529 ppi.

Barmoqlar izi skaneri endi kamera moduli ostida joylaşgan. Samsunğdan ta'kidlaşlariça, qurilmalar stereodinamiklarida tovuş sifatini yaxşilaş böyiça katta işni amalga oşirişgan. Yangi qurilmalarda AKG dinamiklaridan foydalanildi, ular Galaxy S8’dan 40 foizga balandroq. Bundan taşqari, dinamiklar hajmli tovuşni beruvçi Dolby Atmos 3D texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi.

Kompaniya yuzni farqlaş skaneri işini ham yaxşiladi. Samsung yangi qurilmalarda «aqlli skanerlaş» texnologiyasini taqdim etgan, u öz içiga birdaniga ikki boşqa texnologiyani birlaştirdi. Endi telefon qaysi texnologiyadan foydalanişni özi hal qiladi. Kam yoritilgan joyda – köz pardasi skaneri işga tuşadi. Juda yoruğda esa – yuzni farqlaş skaneri.

S9 va S9+ yangi modellaridagi eng katta özgarişlar taşqi kameralarda yuz berdi. Ayni damda bozorda bölgan barça smartfonlar obektivning qaydlangan diafragmasiga ega bölsa, S9 hamda S9+’ning 12 megapikselli kamerasi birdaniga ikki diafragma va optik barqarorlaştirişga ega «Super Speed Dual Pixel» kamerasiga ega.























