Kelajakda robotlar turli vazifalarni bajarişda insonlar örnini egallaşi mumkinligiga hamma har xil munosabatda bölişi mumkin. Biroq hayot uçun xavf tuğdirişi mumkin bölgan işlarni robotlaştirilgan mexanizmlarga topşirgan ma'qul. Bu sohada işlanmalar talaygina, ulardan biri Italiya texnologiya instituti muhandislari "mahsuloti" - WALK-MAN öt öçiruvçi roboti. Bu robot yaqinda real şaroitlarga yaqin muhitda ilk sinovlardan muvaffaqiyatli ötdi. 

Ta'kidlaş joizki, WALK-MAN mustaqil harakatlana olmaydi: uning xatti-harakatlari uçun xavfsiz masofada joylaşgan operator javob beradi. Robot tuzilmasi unga öt öçirişing deyarli barça vositalaridan foydalaniş imkonini beradi. Robotning boşida lazer skaneri, bir neça videokamera va mikrofon joylangan böladi - bu operatorga ma'lumotlarni uzatiş uçun şaroit yaratadi. Harakatlaniş uçun tananing turli qismlarida joylangan 32 dvigatel qöllanadi, qöl-oyoqlarida esa ularga tuşayotgan mexanik yukni ölçovçi datçiklar örnatilgan. Bundan taşqari, maşina muvozanatni uşlaşga yordam beruvçi akselerometrlar bilan ham jihozlangan.

WALK-MAN'ning böyi - 185 sm, oğirligi - 102 kg. U bir qölida 10 kğgaça bölgan yukni kötara oladi. Akkumulyatorning bir martalik zaryadi robotning ikki soat davomida tinimsiz işlaşi uçun yetadi.