Dunyodagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri Vodafone 2019 yilda Oyda 4G mobil aloqa tarmoğini yaratişni rejalaştirmoqda.

Kompaniya bayonotida aytilişiça, tegişli infratuzilma Oyga Berlinda joylaşgan PTScientists kompaniyasining missiyasi davomida yetkaziladi. Uşbu kompaniya Falcon 9 raketasi yordamida Oyga birinçi xususiy parvozni amalga oşirmoqçi.

Taxmin qilinişiça, raketa Oyga Nokia telefon maçtasini yetkazişda yordam beradi. Vodafone taqdim qiladigan signal esa Oy sirtidan yuqori aniqlikdagi videoni uzatiş imkonini beradi.

Bundan taşqari, uyali aloqa tarmoği Audi kompaniyasining ikkita lunoxodi hamda baza örtasidagi aloqani ta'minlaydi. Bu baza rolini Oyga qöngan ALINA (Autonomous Landing and Navigation Module) kemasi öynaydi.

Audi’ning öziyurar qurilmalari vazifalari orasida Oyning odamlarni joylaştiriş nuqtai nazaridan yaroqliligini örganiş böladi.