Suratni 2026-yil 28-avgust kuni Xalqaro kosmik stansiyaning 75-ekspeditsiyasi iştirokçisi olgan. NASA 5-oktabrda uni «Kun surati» sifatida tanlagan.
Tasvirda qönğir jinslar orasida oç rangli, yumaloq şakldagi katta maydon körinadi. Bu - anortozit jinslarining yer yuzasiga çiqib turgan qismi.
Anortozit magmatik toğ jinsi bölib, yer ostidagi erigan moddaning sovişi natijasida şakllanadi va yirik mineral kristallarini saqlaydi. Oyda ham şu turdagi jinslar mavjud: ular Yerdan hatto teleskopsiz köriş mumkin bölgan yoruğ toğli hududlarni taşkil etadi.
Saririaki massivi yangi kaşfiyot emas. Geologlar uni yangi orbital surat olinişidan ança oldin örgangan.
1998-yilda Lyuis Eşval boşçiligidagi tadqiqotçilar Saririaki va unga qöşni Ankafotiya massivlaridagi anortozitlarning kristallaniş yoşini taxminan 660 million yil deb baholagan. Hisob-kitobning xatolik çegarasi 60 million yilni taşkil etgan.
Olimlar buning uçun jinslar va alohida minerallardagi samariy hamda neodim izotoplari nisbatidan foydalangan. Tahlillarga köra, jinslarni hosil qilgan dastlabki erigan modda Yer mantiyasidan kelib çiqqan.
Keyinçalik bu jinslar yuqori harorat va bosim taʼsirida kuçli özgarişlarga uçragan. Tadqiqotçilar mazkur jarayonni taxminan 630–550 million yil avval Gondvananing şarqiy va ğarbiy qismlari birlaşişi bilan boğlagan. Uşbu superkontinent tarkibiga hozirgi Afrika, Hindiston, Madagaskar, Avstraliya va Antarktida hududlari kirgan.
Massiv atrofidagi çözilgan jins qatlamlarida qadimgi deformatsiya izlari ham körinadi. 2000-yildagi tadqiqotda olimlar bu hududdagi özgarişlarning ikki bosqiçini - taxminan 590–530 va 530–500 million yil avvalgi davrlarni ajratgan.
Oydagi anortozitlar esa Madagaskardagidan ança qadimiy: ularning yoşi tört milliard yildan oşadi. Oyning dastlabki magma okeani modeliga köra, yengil plagioklaz kristallari erigan modda yuzasiga kötarilib töplangan va taşqi qobiqni şakllantirgan. Oğirroq minerallar esa çuqurroqqa çökkan.
«Apollon» dasturi iştirokçilari şunday qadimiy jins namunalarini Yerga olib kelgan. Ulardan biri - «Apollon-15» astronavtlari 1971-yil 1-avgustda topgan, «Ibtido toşi» nomi bilan tanilgan 15415-raqamli namuna. Uning yoşi taxminan tört milliard yil deb baholangan.












