Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 fevral kuni Qişloq va suv xöjaligi vazirining investitsiyalarni jalb etiş va samarali foydalaniş masalalari böyiça örinbosari Otabek Sodiqoviç Mustafoyevni lavozimdan ozod etiş töğrisidagi farmonini imzoladi.

Otabek Mustafoyev Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yangi taşkil etilgan «Özşarobsanoat» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi etib tasdiqlandi.

Unga Timur Baxtiyaroviç Umarov örinbosar böladi. Timur Umarov «Özşarobsanoat» boşqaruvi raisining işlab çiqariş menejmenti, innovatsiyalar va uzumçilik sanoatini rivojlantiriş böyiça birinçi örinbosar etib tasdiqlangan.

28 fevral kuni Özbekiston Prezidentining «Vinoçilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilişni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori imzolandi. Unga köra, «Özvinosanoat-xolding» AJ va uning Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tegişliça «Özşarobsanoat» AJ va «Özşarobsanoat» AJ Rivojlantiriş jamğarmasi deb qayta nomlanadi. Sohaga oid bölmagan korxonalar «Özşarobsanoat» tarkibidan çiqariladi. 

Qarorga muvofiq:

2018 yilning 1 aprelidan vinoçilik mahsulotlari uçun yaroqlilik muddatini belgilaş töğrisidagi talab istisno etiladi va bunday mahsulot işlab çiqaruvçilarga ularni saqlaş muddatini mustaqil belgilaş huquqi taqdim etiladi;

2019 yilning 1 yanvaridan tabiiy vinolar, vinomateriallar va konyak spirtini işlab çiqariş, şuningdek, uzumni qayta işlaş böyiça faoliyatni uzumning meva beruvçi texnik navlarini yetiştiriş böyiça 100 gektardan kam bölmagan plantatsiya maydoniga, şuningdek, vino-konyak mahsulotlarining saqlanişi va yetilişi uçun eman boçkalariga ega korxonalar, qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa talablarga rioya qilgan holda, amalga oşirişlari mumkin;

2019 yilning 1 yanvaridan öz uzumzor plantatsiyalarining xom aşyosidan işlab çiqarilgan tabiiy uzum vinolarini qişloq xöjaligi mahsuloti toifasiga kiritgan holda, işlab çiqariş böyiça faoliyatni litsenziyalaş bekor qilinadi.

Uzumning texnik navlarini yetiştiriş uçun yer maydonlarini ajratiş «Özşarobsanoat» AJ va Geologiya va mineral resurslar davlat qömitasi bilan kelişilgan holda yuqori hosil oliş uçun zarur bölgan tuproqning unumdorligi, suv bilan ta'minlaş manbalarining mavjudligini hisobga olib amalga oşiriladi.

Uzumning texnik navlarini işlab çiqaruvçilar 2025 yilning 1 yanvariga qadar muddatga, qişloq xöjalik ekinlarini qator oralab yetiştirişidan qat'i nazar, yer soliğini tölaşdan;