Professional sözi ançadan buyon ortiqçalik qilib qolgan PFL Birinçi Ligada qatnaşadigan jamoalar sonini e'lon qildi. Ha, ha, aynan e'lon qildi. Heç qanday saralaşsiz, heç qanday ötiş öyinlarisiz Pro-ligada qatnaşadigan klublar nomini bilib oldik. Tasavvur qila olasizmi, Angliya futbol ittifoqi çempionşipda qatnaşadigan jamoalar röyxatini musobaqa boşlanişiga bir oy ham qolmaganida e'lon qilişini? Amaldagi çempion Premer-Liga yöllanmasini qölga kiritiş tugul butunlay tarqatib yuborilişi va London jamoalarining örinbosarlari mamlakatning ikkinçi darajali ligasida qatnaşişiniçi? Tasavvur qila olmaysiz-a? Lekin bizda bu amalda bölişi mumkin. Bizda hamma narsa bölişi mumkin. Çunki futbolimiz bu sport turidan butkul uzoqda bölgan insonlar qölida qolib ketdi…
BARÇA YÖLLAR TOŞKENTGA OLIB BORADI
Oçilboy Ramatov federatsiya prezidenti etib saylanganidan keyin sobiq rahbarlarga Oliy Ligada 12ta jamoa qoldirilişi faqat Toşkent jamoalarining rivojlanişiga olib kelişini, bu bilan barça viloyatlardagi tizimni rivojlantirib bölmasligini kuyunib gapirgandi. Bu gaplardan barçamiz xursand böldik. Biroq, körib turganimizdek, heç narsa özgarmadi. Superligada baribir 12ta jamoa qoldirildi. Pro-liga borasida özgariş esa undan ham oşib tuşdi. PFL yangi mavsumda Pro-ligada qatnaşadigan jamoalar röyxatini e'lon qildi. Demak yangi mavsumda «Maş'al», «Şörtan», «Dinamo», «Istiqlol», «Yozyovon», «Xotira-79», «Iftixor» (Yoşlar ittifoqi jamoasi), «Zomin», «Xorazm», «Andijon», «Orol», «Ğijduvon», «Surxon», «Bunyodkor-2», «Paxtakor-2», «Lokomotiv BFK» jamoalari Pro-liga bahslarida qatnaşadi. Aytgança, qur'a taşlaş marosimi paytida «Xotira-79» örniga «Norin» paydo bölib qoldi...
Körib turganingizdek, Toşkentning uçta klubi «Lokomotiv», «Paxtakor» va «Bunyodkor»ning örinbosarlar jamoalari Pro-ligada öynaydi. Nima deb öylaysiz, ular bunga munosibmi? Bunga deyarli barça bir ovozdan «YÖQ» deb javob berişi turgan gap. Çunki, bu jamoalarning iştirokidagi öyinlarga futbolçilarning tanişlaridan bölak deyarli heç kim bormaydi. Toşkent klublarining asosiy jamoalari öynaganida stadionlar huvillab yotadi-ku, örinbosarlar öynaganda kim ham kelardi? ÖFA barça klublarga öziga xos talablar qöymoqda. Bazalaring bölsin, pullaring bölsin, şaroit bölsin deb. Bu uçta klubda şaroit, baza bormi? Bor, lekin asosiy jamoaning bazasi. Ularda xususiy, özigagina tegişli bölgan heç narsa yöq. Nima uçun butun respublika jamoalari içida yana poytaxt jamoalari ajratib qöyildi? Nima uçun Toşkent jamolarining örinbosarlariga ikkinçi darajali çempionatimizda öynaşga imkon beriladi-da, boşqa viloyat jamoalari umuman tugatib yuboriladi? Ularni eşik qisganmi?
«TsEMENTÇI» TUGATILDI
Quvasoyning «Tsementçi» klubi ötgan mavsumda Birinçi Liga çempioni böldi. Viloyatning uçinçi jamoasi bölgan oddiy bir tuman jamoasi haqli tarzda Oliy Liga yöllanmasini qölga kiritdi. Lekin keyin nima böldi? «Tsementçi»ning puli yetmasligi, stadioni talabga javob bermasligi aytilib, Oliy Liga öynaş huquqidan mahrum qilindi. Yetmaganiga jamoa futbolçilari «Neftçi»ga ötkazib yuborildi. Bu bilan birga yöllanma ham oxir-oqibat «Neftçi»ga tegdi. Endi öylab köring, quvasoylik muxlislar öz sevimli jamoalari endi «Neftçi»ga qöşib yuborilganidan xursand bölişadimi? Yöq, albatta. Yöq, albatta. Çunki öşa «Tsementçi» Quvasoy şahri şarafini himoya qilib, şahar aholisiga xursandçilik ulaşayotgandi. Bu jamoani Oliy Ligaga olib çiqqan futbolçilari nima böladi? Turgan gapki, Superligada «Tsementçi» hujumçisi Meliboyev örnida «Neftçi» falon million «podemniy» berib tarkibga qöşib olgan futbolçilari öynaydi. PFL va UFAning futboldan öta yiroq rahbarlari öşa futbolçilarning orzulari haqida heç öylaşdimikin? Afsus, endi öşa jamoaning aksariyat yigitlari bir kun kelib farzandlariga oddiy tuman jamoasi bilan Oliy Ligaga çiqqanmiz deb aytib berişolmaydi. Çunki, ularning orzularini kabinetda ötirganlar barbod qilişdi...











