O‘zbekiston | 14:51 / 02.03.2018
7029
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Fors ko‘rfazi davlatlariga qandolat mahsulotlarini eksport qiladi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston kompaniyalari birinchi marta o‘z mahsulotlarini Dubay (BAA)dagi Gulfood 2018 oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasida namoyish etdi. Bu haqda «Jahon» AA xabar berdi. Tadbir 17 fevraldan 21 fevralgacha Dubaydagi Jahon savdo markazida bo‘lib o‘tdi.

Milliy stend O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi (Abu Dabi) va Dubaydagi bosh konsullik tomonidan O‘zbekiston fuqarosi muassisi sanalgan mahalliy kompaniya ko‘magida tashkil etildi.

Ko‘rgazma doirasida respublika vakillari Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazining boshqa davlatlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekistondan qandolat mahsulotlarini arab dunyosi davlatlariga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid