Brasil Open turniri taşkilotçilari "bolboylar" örniga boşpanasiz itlarni öyinga jalb qilişdi - ular tennisçilarga maşğulotlar vaqtida yordam berişdi.
Hozir musobaqalarda olti it "işlamoqda" - Duda, Gabriel, Bobbi, Mel, Kika va Tor. Mazkur ğoyaning mohiyati boşpanasiz itlarga e'tibor qaratiş va ularni boşpanali qiliş.
"Bu itlarning hayoti oson keçmagan, biroq biz ularning ötmişini emas, ularning hozir va kelajakda qançalik foydali bölişi mumkinligini körsatmoqçimiz", - deydi aksiya homiysi Madalena Spinazol.
Ayolning sözlariga köra, ularning qaysi zotga tegişli ekani yoki neça yoşdaligi ahamiyatsiz. Ularga ğamxörlik qilib, yaxşi ovqatlantirilsa, yaxşi hamroh bölişadi. U itlar bilan öynaş va yangi xatti-harakatlarga örgatiş mumkinligini qöşimça qildi.

Ta'kidlaş joizki, mazkur aksiya uçinçi marta ötkazilişi. Ötgan yili olti itdan törttasi boşpanali bölgandi.









