Yaxşilikda ma'no köp. U tavbadan keyin gunohlarni yuvişda, inson hayotini barakali qilişda, savob yiğişda, eng muhimi, öziga ham ming marta köp yaxşilik qaytişiga sababçi böladi. Yaxşilik qilgan inson jaydari tilda tuşuntirganda, bir öq bilan ikki quyonni uradi: dunyoviy hayotini nurga töldiradi, oxirat saodatiga erişadi. Ammo bu tuşunçani ikkinçi darajali hisoblovçi, şundoq ham oqibatsiz dunyoda bir-biriga yanada mehrsizlik qilayotgan, beparvo kişilar hayot yöllarida uçrab turadiki, ularning borligi emas, köpayayotganligi kişini öyga toldiradi.

KUN.UZ tahririyatining ijodiy jamoasi ma'lum murojaatlarni örganiş maqsadida vodiyga yöl olganidan xabaringiz bor. Safar tugab, poytaxtga qaytayotganda bir hodisaga guvoh böldik. 

Foto: Ma'ruf Asqarov/KUN.UZ

Gap şundaki, yölda ketayotganimizda birdan qor yoğişni boşladi. Ikkita tunnel oraliğida qor yoğişi avjiga çiqdi. Şunda yöl çetida “Jiguli” maşinasi töxtab qolgani, uni yoşi uluğ özbek ayollari itarib, yurdirişga urinişayotganining guvohi böldik. Ularning soni uç nafar edi. Şoşilgança yordamga tuşdim, ustimdagi kurtkam maşinada qoldi. Ikki marta tepadan pastga qarab harakat qilib kördik, bölmadi: çunki yer qor bilan qoplangan, bu şaroitda maşinani öt oldiriş amri-mahol edi. Xullas, bu muammoni hal qiliş uçun yoki evakuator, yoki tross kerak edi.

Foto: Ma'ruf Asqarov/KUN.UZ

Bir payt qarasam, özimiz ham qor ostida qoladigan. Jamoamizdagilar bilan nima qilişni bilmay qoldik. Şunda tunnel oldidagi askarlarda ratsiya böladi, ular yordam çaqirişlari mumkin, degan xayolga bordik va ular tomonga yölga tuşdik. Yetib borgaç, maşinadan tuşib, askarlardan biri tomon yugurib ketdim. Boş kiyimimni bostirib kiyib olganim uçunmi, askar mendan xavfsiradi (özining işida) va qölidagi qurolini mahkam uşlagança, maqsadimni söradi. Vaziyatni anglagaç, “böldi, boravering, rahmat”, dedi va yordam çaqirişga ketdi.