Bollivud yulduzi Irfon Xon «kamyob kasallikdan» aziyat çekmoqda. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar qildi.

Aktyor ijtimoiy tarmoqlarda şu haqda ma'lum qilgan. Xon muxlislarini soğliği borasida turli miş-mişlardan uzoqroq turişga çaqirdi hamda yakuniy taşxis qöyilganidan söng bu boradagi ma'lumotni oçiqlaşga va'da berdi.

51 yoşli artist Bollivudda suratga olingan «Piku», «Maqbul», «Ruh kuçi» filmlari orqali taniş. Şuningdek, u xalqaro loyihalarda iştirok etgan, ular orasida - «Pi hayoti», «Xarobalardan çiqqan millioner» va «Yangi örgimçak odam». Bundan taşqari, Xon mustaqil kinoda ham suratga tuşadi.