Ğijduvon tumanida yaşovçi “Nusrat” ismli şaxsning Ğijduvon tumani hududida köp miqdorda “naşa” giyohvandlik moddasi sotib yurganligi töğrisidagi ma'lumotga asosan, olib borilgan dastlabki tezkor-suriştiruv harakatlari jarayonida mazkur fuqaro Ğijduvon şahri, “Dilkuşo” MFY, A.Ğijduvoniy köçasi 40-uyda yaşovçi, 1960 yilda tuğilgan, muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan Vosiyev Nusrat Ne'matoviç ekanligi aniqlanib, şu kuni viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan “nazorat tariqasida giyohvand moddalarini sotib oliş” tadbiri ötkaziladi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nusrat Vosiyev nazorat tariqasida giyohvand moddasi sotib oliş uçun yuborilgan şaxsga özining tanişi bölgan, Ğijduvon tumani, “Gulistonobod” MFY, Rabotipoyon qişloğida yaşovçi, 1968 yilda tuğilgan, muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi bilan sudlanib jazo muddatini ötab çiqqan Qahorov Nabi Şaripoviç bilan jinoiy til biriktirib, har bir quti “naşa” giyohvandlik moddasini 400.000 sömdan ekanligini aytib, 4 dona “SPIÇKI” yozuvli gugurt qutisiga solingan holdagi 15.91 gramm “marixuanna” giyohvandlik vositasini ötkazgan vaqtda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan jinoyat ustida qölga olinadi.
Uşbu holat yuzasidan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, “giyohfuruş”larga nisbatan jazoning muqarrarligini ta'minlaş çoralari körildi.






