Şarq falsafasi Qadimiy Gretsiya falsafasi bilan deyarli bir vaqtda paydo bölgan va u jahon falsafasining yirik sahifasini namoyon qiladi. Bejizga "Şarq masalasi nozik" deb aytişmaydi. Bu hamma narsada öz aksini topadi: turmuş tarzida, mentalitetda, madaniyatda, ma'naviy qadriyatlarda. Fit4brain.com Şarq falsafasi durdonlari namunalari bilan bölişdi.
- Qalbdan çiqqan söz qalbga borib yetadi, şunçaki til uçida aytilgan söz esa - quloqdan uyoğiga ötmaydi.
- Qudratli insonga açining — u kuç-quvvatidan mahrum bölişi mumkin; badavlat kişiga açining — u qaşşoqqa aylanişi mumkin; olimga açining — u nodonlar orasida ado böladi.
- Munajjimlik bilan şuğullanuvçi inson bid'atçilikka ğarq böladi; al-kimyo bilan şuğullanuvçi kişi qaşşoqlik girdobida qoladi; qonunlar bilan şuğullanuvçilar esa yolğonlar "yomğiri" ostida qoladi.
- Bergan va'dangni ustidan çiqsang, u sening quling hisoblanadi, oğzingdan çiqqan söz esa sening sohibingdir.
Ölim — senga qarata uzilgan öq, hayot esa - öqning sengaça yetib borgan lahzasi.

- Qizarişga moyil kişilarning qalbi qora bölişi mumkin emas.
- Zaif inson ustidan qozonilgan ğalaba mağlubiyatga tengdir.
- Yoqtirmagan kişilarimiz yordamiga muhtoj böliş buyuk baxtsizlikdir.
- Hamma narsaning yoruğ tomonini köra biling, agar unday tomoni bölmasa, qoronğusi yarqiramaguniça arting.
Baxtsizlarga baxt ulaşişdan katta baxt yöqdir.

- Siz izlayotgan baxt siz bilan izma-iz yurgan soyangiz kabidir: uning ketidan quvib yeta olmaysiz, undan qoçsangiz - u sizning ortingizdan quvadi.
- Iştaha -birinçi luqma ortidan, nizo esa - birinçi söz ortidan keladi.
- Oxir-oqibat bizni xotirjamlik sari yetaklovçi taşviş yaxşi taşvişdir.
- Bir öq bilan ikki quyonni qulatib bölmaydi.
Yölingizdan toşlarni olib taşlovçi kişini haqiqiy döst deb biling.








