“Siyosiy tafakkurgina öz atrofida turli fikr va dunyoqaraş egalarini birlaştira oladi” – Faylasuf Viktor Alimasov bilan katta intervyu
|02:33 / 05.04.202230 43911 min
Faylasuf Viktor Alimasov falsafa, fikr va söz erkinligi, siyosiy plyuralizm hamda özbek jamiyatining qator muammolari haqida Kun.uz’ga intervyu berdi.
Quyida faylasufning özbek jamiyati borasida falsafa prizmasi orqali qilgan tahlillari va tavsiyalari bilan tanişişingiz mumkin.
— Falsafa nima özi?
Sizni falsafa borasida yozgan “Falsafa yoxud fikrlaş çanqoği”, “Falsafa yoxud fikrlaş lazzati” va “Falsafa yoxud fikrlaş san’ati” nomli asarlaringiz bor. Balki javob asarlaringiz nomi va ketma-ketligida hamdir.
— Inson mavjud ekan hayotning ma’nosi, umrini nimaga sarf qilayotgani va yon atrofida bölayotgan masalalar töğrisida fikr yuritadi. Demak, falsafa insonga har doim kerak.
Ha, ba’zan falsafa kerakmi yoki yöq, degan savol instinktiv tarzda xayolimizdan ötadi. Biz bu töğrisida professional fikrlab ötirmasligimiz mumkin, lekin bilamizki, falsafasiz yaşaş qiyin, falsafasiz yaşaş mumkin emas. Negaki, yuqoridagi savollar inson tafakkurini öziga maftun etib kelgan va ularga javob izlagan.
Ba’zilar “har bir inson faylasuf” deydi. Ha, töğri, kimdir köproq, kimdir kamroq faylasuf. Lekin u doim falsafiy muammolar va azaliy muammolar haqida boş qotirişga majbur. Antik davrmi yoki hozirmi, umrning mohiyati nima degan savol insonni har dam bezovta qilib keladi. Ana şuning uçun ham falsafa kerak.
Yunonçadan olingan bu söz (filosofiya) “filo” – “seviş” “sofiya” esa “donişmandlik” ma’nolarini anglatadi. Şu ma’noda falsafani ayrimlar donişmandlikni seviş deya tuşuntiradi. Lekin falsafa faqat bu etimologiyadangina iborat emas. Bu insonning fikrlaşi, muşohada qilişi va qalbida keçayotgan keçinmalarni boşqalarga oşkor qilişi, ginesologiya tajribalari bilan ham boğliq. Xullas, hayotdagi hamma narsa ma’lum ma’noda falsafaga borib taqaladi.
— Ayrimlar falsafani sofistika, ya’ni yöqni bor, borni esa yöq sifatida aytiş, körsatiş bilan boğlaşadi.
— Bu Suqrot davridan buyon takrorlanib kelayotgan ibora. Ba’zi insonlar bema’ni fikrlarni gapirar, öylar ekan, bu sofistikani keltirib çiqaradi. Bunday olsangiz, çindan ham falsafaning köp mavzulari, talqinlari hayotga joriy qilinavermaydi. Aynan hayotga joriy qilinmaydigan ayrim fikrlari uçun ham falsafani safsata deyişadi. Ha, safsataga yaqinlik falsafaga xos xislat. Bundan qoçiş kerak emas. Negaki, fikrlayotgan inson özining haq ekanini heç qaçon isbotlay olmaydi. Bunga da’vogar bölişi mumkin emas. Şu nuqtayi nazardan bizning har bir fikrimiz soxta. Tafakkur bilan uning manbasi örtasida juda katta farq mavjud.
Mavzuga oid
Biz stolning ustida fikrlaşar ekanmiz, fikrlarimiz aynan stolning özi emas. Bunday bölmaydi. Aks holda fikrlarimiz – sub’yektiv narsa, obekt – stolning özi bölib qoladi.
Natijada ular örtasida farq qolmaydi. Yöq, fikrlarimiz sub’yektiv va u har doim adaşişi mumkin. Har doim notöğri, çalkaş bölişi mumkin.
Şu nuqtayi nazardan çindan ham falsafada safsataga moyillik kuçli.
— Falsafa va fan örtasida qanday farq bor?
Tafakkur rivojlaniş jarayonida ikki narsa falsafani bir-biridan farqlaydigan jihatini ayon qilib qöydi. Ularning birinçisi – falsafa yuqorida aytganimdek, donişmandlik ilmi. Bu – erkin fikr, fikrlaş san’ati, fikrlaş madaniyati degani.
Ikkinçisi, falsafani ilm-fanga yaqinlaştiriş tendensiyasi yuzaga keldi.
Tarixda Suqrot va Aristotel jamiyatga yaqinlaştiradigan muammolar haqida fikrlab, falsafani ijtimoiy borliq va ijtimoiylikka olib borib qöyişdi. Natijada falsafaning ijtimoiylik bilan boğliq jihatlari ilm-fan sifatida şakllana boşladi.
Ayniqsa, yangi davr falsafasi falsafani sxolastikadan xoli qildi va öz navbatida ilmga yaqinlaştirib qöydi.
Ilm nima degani? Ilm bu – ijtimoiy ehtiyojlarni qondiriş degani. Ijtimoiy ehtiyoj esa jamiyat uçun zarur bölgan narsalarnigina örganadi, boşqa narsani esa örganmaydi.
Ijtimoiylik ehtiyojlarida avtoritetga siğiniş, yirik odamlarning fikrlariga tayaniş, ularning fikrlaridan kelib çiqiş tendensiyasi nihoyatda kuçli.
Ilm-fanda dogmatika bor. Unda ilmiy dogmatikaga tayaniş juda kuçli. Unda yöl-yöriq körsatuvçi şaxslar bor. Olimlar davrasi, ilmiy kengaşlar, oliy attestatsiya komissiyasi bor. Bular ilm-fanning doirasini, mavzularini belgilab beradi. Ilm ana şu doiradagina rivojlanişi mumkin.
Ilmiy falsafa ham şunday. Ammo erkin falsafa bularning hammasini rad qiladi. Istalgan mavzu erkin falsafaning mavzusi bölişi mumkin. Hatto antiutopik ğoyalar ham. Unga olimlarning da’volari, ilmiy doiralarning muhokamalari kerak emas. Unga fikrni aytiş kerak. U doirasini va mavzularini erkin tanlay oladi.
— Hozir falsafa qayoqqa qarab boryapti?
— Falsafa insondagi içki salohiyatni namoyon etiş tomonga siljiyapti. Çunki biz şu paytga qadar uni siyosiy tizimlarga, ijtimoiy ehtiyojlarga va ma’lum doiradagi qaraşlarga boğlab keldik. Endi esa falsafa har bir şaxsning qalbidagi fikrni erkin bildiradigan doiraga ötişi kerak. U şu doiraga ötgan taqdirdagina inson bilan yaqinlaşadi. Falsafaning gumanistik mohiyati ham şunda.
Falsafa kelgusida insonga yaqinlaşiş sari qadam otaveradi.
— “Hayotiy şiorim fikr, hikmat izla, fikr, hikmat topmagan kuning abas ketgay, abas”, degandingiz maqolalaringizdan birida. Umuman, insonni va jamiyatni fikrlaşga qanday örgatiş kerak?
— Bu juda oğir va şu bilan birga hammani faylasuf qilaman, degan tendensiyadan kelib çiqilgan savol. Vaholanki, hammani olim, hammani fozil qilolmaysiz. Buning iloji yöq. Buni Farobiy ham orzu qilgandi, lekin bu ilojsiz. Hatto har bir insonning qalbida faylasuflikka iştiyoq, intiliş yotgan taqdirda ham.
— Men hammani faylasuf qiliş haqida emas, jamiyatning umumiy bilim darajasini oşiriş haqida gapiryapman. Çunki jamiyatlarning ham bilim darajasi turliça böladi.
— Gap qalb faylasuf bölişida. Masalan, Suqrot, Platon, Aristotel, yangi davrda Dekart yoki Gegelning falsafada biror darajasi bölmagan. Qandaydir darajaga ega böliş insonning faylasuf bölganini bildirmaydi. Siz kötarib yurgan diplom payti keladiki, heç narsaga arzimaydi. Çunki inson faylasuflikka qadar ma’lum bosqiçlarni bosib ötişi, ma’lum qiyinçiliklarni totişi kerak.
Şopengauer aytadi: inson qirq yoşigaça romanlar yozadi, qirqdan keyin romanlarga izohlar yozadi. Izoh bu – falsafa.
— Jamiyatning kayfiyati oğir, tuşkun bölganda, ziyolilar unga yangi xarakter yuqtirişi kerak. Xöş, bizning ziyolilar, faylasuflar jamiyatga kayfiyat bera olişga qodirmi? Umuman, bugungi jamiyatning kayfiyati haqida nima deysiz?
— Savolingiz örinli, lekin undan ilmiy dogmatikaning hidi kelyapti. Yuqorida aytganimdek, ilm-fanda ham dogmatika bor. Dinda qanday dogmatika bölsa, ilm-fanda ham şunday dogmatika bor. Dogmatik fikrlar ziyolilar jamiyatni boşqaradi, deydi.
Yöq, bunday emas. Men ziyolilarning biror jamiyatni boşqarganini yoki ğolib çiqqanini bilmayman.
— Ular jamiyat muammolarini hal qiliş, yeçimlar topişda öz bilimidan kelib çiqqan holda tavsiyalar berib turişi kerak-ku.
— Tavsiyalarga amal qiladiganlar boşqa toifa. Aniqroği buni siyosiy kuçlar, davlat hal qiladi. Davlat nihoyatda katta kuç sifatida jamiyatning qaysi tomonga borişini belgilab beradi. Buni faylasuflar qilolmaydi.
Faylasuflar davlatni boşqarsin, degan ğoya Platondan qolgan. Çunki uning mol-mulki demokratlar tomonidan musodara qilingandi. Şuning uçun ham Platon davlatning boşiga kelişni orzu qilardi. Bu Platonning kratologik yondaşuvi.
Bilib qöying, jamiyatni boşqarib obro‘ topib turgan, uni takomillaştirgan faylasuf borligini men bilmayman.
— Bugungi jamiyatning kayfiyati haqida nima deysiz?
— Bugun nafaqat jamiyatimiz, balki dunyo yangi davrga ötiş arafasida. Biz avvalgi tasavvur, qadriyatlardan voz keçişga yoki ularni qayta baholaşga majbur bölyapmiz.
Bugun Ukrainada Rossiya tomonidan qilinayotgan işlar bizni butunlay boşqa dunyoga olib kirdi.
Bizni Amerika Qöşma Ştatlarining gegemonistik siyosati ham ikkilantirib qöydi. Işonçim komil, tez orada bu gegemonizmdan darak ham qolmaydi. Çunki biz totalitar boşqaruvning sanoqli kunlar, sanoqli haftalarda yöqolib qolayotganini körmoqdamiz.
Öylaşimça, mana şunday keskin davr falsafa kerakmi, degan savolni yana örtaga çiqaradi. Negaki, falsafa ayni şu savollarga javob berişi kerak.
Ha, ziyolilar ayni şunday savollarni kun tartibiga qöyişi kerak. Davlatning tepasidagilar esa jamiyat qöygan savollarga javob, yeçim izlaşi va yangi bosqiçga ötişi zarur.
Öylaşimça, biz endilikda gegemonizmni, avtoritetlarni va mol-davlatni emas, plyuralizmni yölini tutamiz. Umid qilamanki, biz endilikda erkin fikrli şaxslar ortidan ergaşadigan jamiyat bölamiz. Işonçim komil, biz kelgusida mansabi, mol-mulki borlar ortidan emas, odamlarni öziga işontira oladigan, yangiça fikrlovçi va şunga örgatuvçi şaxslar ortidan ergaşamiz.
— Biz sekulyar, ya’ni dunyoviy davlatmiz. Lekin bugun özbek jamiyatida diniy va dunyoviy dunyoqaraş egalari örtasida qandaydir böliniş, muammo yuzaga çiqayotgandek. Hamma öz qaraşlarini ilgari surişga intilmoqda.
Xöş, barça qatlamining ehtiyojlari ta’minlangan jamiyat qanday yaratiladi?
— Fikrimça, bu köproq siyosiy tafakkurga borib taqaladi. Kuçli siyosiy tafakkurgina öz atrofidagi turli fikrlar va dunyoqaraş egalarini birlaştira oladi. Jamiyat şundagina birlaşadi, rivojlanadi.
Biz plyuralizmdan qörqmasligimiz kerak. Biz unga qarşi turgan oqimlardan qörqişimiz kerak. Erkin jamiyatda plyuralizm bölişi şart.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.
Intervyuni yozib olişda körsatgan yordami uçun «MFaktor» jamoasiga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi