Şavkat Mirziyoyev «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlaş töğrisida»gi farmonini imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga köra, jamiyatimizda xotin-qizlarning örni va nufuzini oşiriş, ularning oilalarni mustahkamlaş, yoş avlodni vatanparvarlik, istiqlol ğoyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, xalqimizning köp asrlik boy ma'naviy merosini asrab-avaylaş, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş va aholi farovonligini yuksaltiriş borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlaş maqsadida yurtimizning işlab çiqariş tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, soğliqni saqlaş, madaniyat, san'at va boşqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlanadi:
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi»
Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna - Farğona politexnika institutining «Elektr energetikasi» kafedrasi professori, Farğona viloyati
Marufova Gulnora Maxmudovna - Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisining örinbosari
Şaxabitdinova Şoxida Xoşimovna - Andijon davlat universitetining «Özbek tilşunosligi» kafedrasi professori, Andijon viloyati
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist»
Uteniyazova Altyngul Paluanovna - Qoraqalpoğiston Respublikasi teleradiokompaniyasi «Qoraqalpoğiston» telekanalining katta muharriri
«Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan
Raxmatullayeva Şafoatxon - Qöqon şahar musiqali drama teatri aktyori, Farğona viloyati
«Mehnat şuhrati» ordeni bilan
Bobomurodova Xosiyat - Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, şoira
Boymuradova Jumaxol Norboyevna - Zarbdor tumanidagi «Tinçlik» mahalla fuqarolar yiğini raisi, Jizzax viloyati
Irisbekova Kammuna Narinbayevna - «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki boşqaruvi raisi
Istamqulova Mafiratxon Mamajanovna- Namangan viloyati qirğiz milliy madaniy markazi raisi








