BMW Group, Daimler AG, Volkswagen va Ford kompaniyalari konsorsiumi Yevropaning asosiy magistrallari böylab joylaştiriş rejalaştirilayotgan, Ionity zaryadlaş stansiyalari dizaynini taqdim qildi. Har bir majmua oçiq hududli oddiy konstruksiyalar bilan ajralib turadi.
Quvvatlaş stansiyasining asosi vertikal ustunlarda örnatiladigan yoruğlanuvçi quti böladi. U qoronği vaqtda öziga xos mayoq vazifasini bajaradi.

Konsortsium rejasiga quvvati 350 kilovattlik 400 ta stansiya oçiş kiradi. Ilk 20 ta majmua ötgan yil işlay boşlagan, 2018 yil oxirigaça yana 100 ta majmua quriladi. Tarmoqni yoyişni 2020 yilgaça yakunlaş rejalaştirilgan.
Hozirda elektromobillar uçun quvvatlaş majmualarining eng katta tarmoği Tesla’ga tegişli. Ularning umumiy soni 1130 tani taşkil qilib, ular hududida 8496 ta stansiya joylaşgan.

Elektr modellar qatorini rivojlantiriş Yevropa Ittifoqining karbonat angidrid çiqarilişini kamaytiriş talabi bilan boğlangan.







