Insonparvarlik tamoyillari asosida Özbekistonda jinoiy jazolar yengillaştirilib, jinoyat sodir etgan şaxslarga nisbatan, ular öz oilalari bağrida bölişlari uçun ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo turlari qöllanilmoqda.
Bugungi kunda Samarqand viloyati IIBda 6810 nafar ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo muddatlarini ötayotgan mahkumlar hisobda turadi, deb xabar beradi Kun.uz’ga viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi.
Joriy yilning ötgan ikki oyi davomida beglilangan jazo muddatini ötab, ijobiy tavsifga ega bölgan 441 nafar mahkum ötalmay qolgan jazo muddatlaridan Özbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod etildi. Ötgan yilning şu davrida 254 nafar mahkum ozod etilgan edi.
Biroq ayrim mahkumlar bu imkoniyatdan foydalanmasdan öziga nisbatan berilgan ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo muddatlarini ötaşdan qasddan böyin tovlab kelmoqda.
2018 yilning ötgan yanvar-fevral oylari davomida 82 nafar (2017 yilda — 31 nafar) mahkumlarning ötalmay qolgan jazo muddatlari jazoning oğirroğiğa, ya'ni ozodlikdan mahrum etiş jazosiga almaştirildi.
2018 yil 6 mart kuni Payariq tumani Alişer Navoiy mahallasi binosida jinoyat işlari böyiça Payariq tumani sudi tomonidan «sayyor sud» majlisi ötkazilib, unda mahkumlar — «Qirqovul» mahallasida yaşovçi O.D. hamda «Mustaqillik» mahallasida yaşovçi Q.A.ning ötalmay qolgan jazolari oğirroğiga almaştirildi.
Öz muxbirimiz












