Maktabgacha ta'lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Maqsudjon Yo‘ldoshev maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
M.Yo‘ldoshev 1978 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi sanaladi. 2010 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Maqsudjon Yo‘ldoshev bunga qadar «Iste'dod» jamg‘armasida, Xalq ta'lim vazirligining nazorat-tahlil boshqarmasida, Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta'limi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti rektori bo‘lib, Xalq ta'limi vazirligining ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston prezidenti devonining bosh maslahatchisi sifatida ishlagan. U pedagogika fanlari doktori ilmiy unvoniga ega.
Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Gulchehra Yo‘ldosheva boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid
08:00 / 30.10.2024
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
11:41 / 13.09.2024
Yana uchta vazirlikning 100 dan ortiq boshqaruv xodimlari tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
15:06 / 09.09.2024
3 ta vazirlikning qariyb 400 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan
21:42 / 04.09.2024