Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 15 mart kuni Qozoğistonga borişi kutilyapti, deb yozmoqda “Xalq sözi” naşri Qozoğiston davlat rahbari matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga tayangan holda.

Özbekiston prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozoğiston Respublikasi, Qirğiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi rahbarlarining Işçi (maslahatlaşuv) uçraşuvida iştirok etadi.

Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev Qozoğistonda Özbekiston Yilining rasmiy oçiliş marosimida iştirok etişi rejalaştirilmoqda. Ayni çoğda ikki davlat rahbari san'at ustalarining gala-konsertida ham qatnaşadi.