Amerikalik fiziklar organik birikmalardan noodatiy magnit materialini yaratişdi, u ma'lumotni elektronlar yordamida emas, balki magnonlar – magnitli “tölqinlar” yordamida uzatiş imkonini beradi. Bu haqda Nature Materials jurnalida e'lon qilingan maqolada aytiladi.
"Endi bizda ma'lumotni magnonlardan foydalangan holda uzatiş imkoni paydo böldi. Bunday holatda magnonika elektronikaning butunlay analogi sifatida işlaydi – ya'ni, endi bizda öziga xos magnit simlar töplami bor, hamda agarda biz ularning asosida raqamli mantiqni yarata olsak, ular yangi turdagi kompyuterlar asosiga aylanadi", - deya ma'lum qildi Solt-Leyk-Sitidagi Yuta universitetida işlovçi Kristof Byom.
Sönggi ön yil davomida fiziklar elektronlar va atomlarning kvant xususiyatlarini faol örganişmoqda hamda ularni elektron qurilmalarni yaratişga moslaştiriş ustida işlaşmoqda. Oddiy mikroelektronikada ma'lumot elektr zaryadi yordamida uzatiladi. Spintronikada esa ma'lumot elektron spini – zarra aylangan yönalişda beriladi.
Bunday hisoblaş qurilmalarini yaratiş uçun asosiy tösiq – elektronlar spini va boşqa zaryadlangan zarralarni nazorat qiliş va uzoq muddat davomida barqaror holatda uşlab turiş juda qiyin.
Bu muammolarning barçasini, Byom va uning hamkasblari sözlariga köra, magnit signalini elektrga ötkaziş orqali hal qilsa böladi. Bugun bunday vazifani faqat temir, kislorod va ittriy ekzotik birlaşmasidan bölgan plyonka (qoplama) bajarişi mumkin.
Fiziklarning sözlariga köra, bunday material bilan işlaş juda qiyin. Byom jamoasi kutilmaganda uni almaştira oladigan narsani topib, fizika sohasidan ança uzoq bölgan ikki ixtironi birlaştirdi.
Ulardan eng muhimi 1990-yillar boşida Joel Miller tomonidan ixtiro qilingan organik magnitli materialdir. Bu birikmalardan plyonka çiqarib, Byom va uning jamoasi şuni aniqlaşdiki, ularning içida magnit “tölqinlari” paydo bölişi mumkin ekan. Bunday kvazizarralar fiziklar tomonidan magnonlar deb ataladi hamda ularni bir spinli mantiq qurilmadan boşqasiga ma'lumot oliş ötişda işlatiş mumkin, bu magnitli yoki spinli kompyuterlarni yaratişda juda muhim.













