Xitoy markaziy televideniyesi 8 mart kuni Weibo ijtimoiy tarmoğida 20 yildan ortiq vaqt davomida bir ayol — Yang Den tomonidan olib boriluvçi ob-havo prognozi körsatuvlarining ayrim sonlarini havola qildi. 

Köp foydalanuvçilar 1996 yilda karerasiga start bergan boşlovçi (öşanda u 23 yoşda bölgan) 2018 yilga kelib deyarli özgarmaganini qayd etişgan. Ba'zilar uni "yoşlik timsoli" deb ataşgan bölsa, boşqalar sönggi yigirma yildagi barça ob-havo prognozlari bir kunda yozilgan, deya taxmin qilişdi. 

Yang Denning taşqi körinişiga Xitoy Markaziy televideniyesi xodimlari ham e'tibor qaratişdi. U Xitoy kommunikatsiyalar universitetini tamomlagaç, bir yildan söng TVga işga kelgan. 

"Köp teletomoşabinlar uning şousida ulğayişgan. Tomoşabinlar nima uçun ular qariyotgani, ayol esa hamişa yoş turişidan ajablanişgan. Boz ustiga, u borgan sari yoşarib borayotgandek göyo". 

XMTVning Weibo'dagi sahifasidan